Manbalarda qayd etilishicha, Qashqadaryo vohasi va Nasaf shahrida 300 ga yaqin mashhur allomalar, muhaddis, mufassir, faqih va tarixchi olimlar yashab ijod qilgan.

IX asrda Nasafda hadisshunoslik va fiqhshunoslik maktablari vujudga kelgan. X asrda yashagan Ahmad ibn Muhammad at-Tadyoniy, Hammad ibn Shokir an-Nasafiy, Abul Mu’yin an-Nasafiy kabi o‘nlab ijodkorlar nomlari ma’lum. Shu bois X-XII asrlarda Movarounnahrdagina emas, balki butun Sharqda “Nasafiy” nisbasi ancha mashhur bo‘lgan. Bu davrda fiqh, hadis, tafsir va islom dinining asosi bo‘lgan aqoid ilmi rivojlangan. XV asrda Nasafiy allomalar turk tilida islom dini ahkomlari va boshqa ijtimoiy sohalarga oid asarlar yoza boshlagan. Amir Temur va temuriylar davrida Nasafda ilm-fan, madaniyat va san’at yanada rivojlangan. Abu Sa’d Abul Karim as-Samoniyning “Kitob al-Ansob” asarida VIII-XII asrlarda yashab o‘tgan 180 ga yaqin nasaflik olim va shoirning nomlari qayd etilgan. Umuman, bu qadim shaharda o‘z sohasining juda ko‘p zukko bilimdonlari kamol topgan.

Buyuk alloma va mutafakkir Abul Mu’yin an-Nasafiy ana shunday ajdodlarimizdan biri. Bu zot Buxoro va Samarqandda tahsil olib, kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Abu Mansur Moturidiy asos solgan moturidiya ta’limotining dunyo bo‘ylab keng tarqalishida muhim rol o‘ynagan. Islomiy e’tiqod pokligi masalasida o‘ndan ortiq kitoblar yozgan va ulardan “Tabsira”, “Tamhid” va “Bahr ul-kalom” asarlari bizgacha yetib kelgan. Bu asarlarda din masalasida adashganlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatilgan. Aqida masalalari chuqur ilmiy tahlil etilib, moturidiya ta’limoti mohiyati ochib berilgan.

Shu nuqtai nazardan, bugun yoshlarni turli diniy oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalaridan asrash, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda Abul Mu’yin an-Nasafiy ilmiy-ma’naviy merosi muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bugun Qashqadaryoda ulug‘ alloma Abul Mu’yin an-Nasafiy nomi bilan bog‘liq maskanni obod qilish, u zotning ilmiy merosini chuqur tadqiq etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari joriy yilning 15-iyun kuni o‘tkazilgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi anjumanda ham ushbu masalaga alohida e’tibor qaratib, dinimiz sofligini ta’minlashga beqiyos hissa qo‘shgan, xalqimizni ma’rifatga boshlagan ulug‘ allomalarimiz merosini o‘rganish bugun ham dolzarb ekanini ta’kidladi. Poytaxtimizda O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqotlar markazi tashkil etilayotgani, shuningdek, yurtimizning barcha hududlarida buyuk ajdodlarimiz muqaddas qadamjolarining obod etilishi ham bu boradagi amaliy sa’y-harakatlar samarasidir.

Prezidentimiz fikrlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining buyuk vatandoshimiz, ulug‘ alloma va mutafakkir Abul Mu’yin an-Nasafiyning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida qabul qilingan farmoyishi talablaridan kelib chiqib, Imom Buxoriy xalqaro markazi ilmiy xodimlari yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar hayotini, ularning ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, tadqiq etish borasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bu ilmiy izlanishlar natijasida yaratiladigan kitob va qo‘llanmalar xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodni buyuk ajdodimiz bebaho merosi bilan yaqindan tanishtirish, ularning ma’naviy olamini boyitish hamda yot g‘oyalar ta’siridan asrashga xizmat qiladi.

Nodir Qobilov, 
Imom Buxoriy xalqaro markazi ilmiy xodimi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nasafiy allomalar merosi o‘rganilmoqda