Namanganda “Tillar hamdo‘stligi – madaniyatlar hamdo‘stligi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Namangan davlat universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari, tilshunos olimlar, tarjimonlar, talabalar ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish, ilm-fanni rivojlantirish, bu borada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Yurtimizda xorijiy tillarni o‘qitish va o‘rganish tizimini takomillashtirish, ayniqsa, o‘zbek tilining mavqeini yanada mustahkamlash, jahon tillari bilan o‘zaro yaqin aloqada rivojlanishini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Namangan davlat universiteti rus tili kafedrasi mudiri Muhabbat Saidova. – Anjumanda tilning xalqaro madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy aloqalarda tutgan o‘rni va ahamiyati, globallashuv davrida tilshunoslik oldida turgan vazifalar, tillarni o‘qitish va tadqiq etish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Ilmiy anjumanning umumiy yig‘ilishi va sho‘ba mashg‘ulotlarida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori H.Homidiy, Buxoro davlat tibbiyot instituti professori Q.Shodmonov, Namangan davlat universiteti dotsenti A.Abdulazizov va boshqa olimlarning mavzuga doir ma’ruzalari tinglandi.

“Ritorika – muloqot madaniyatining shakllanishi omili sifatida”, “Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar og‘zaki nutqini o‘stirish”, “Nemis tilidagi frazeologizmlarning bir va ikki tilli lug‘atlarda berilishi”, “Munojot” tarjimasida mazmun va shakl birligi”, “Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarining tarjimaviy talqinlari”, “O‘tkan kunlar” dagi harakat, imo-ishora, turq-tarovat tarjimasi” kabi ma’ruzalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniy aloqalarning muhim vositasi