Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida «Ta’lim tizimining texnika yo‘nalishida xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish» mavzuida konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish, fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, ilmiy-texnikaviy salohiyatni oshirish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.

Mamlakatimizda ilmiy-texnikaviy salohiyatni yanada rivojlantirish va undan samarali foydalanish masalasiga iqtisodiy yuksalishning eng muhim omili sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda mazkur universitet mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun texnika yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi yetakchi oliy o‘quv yurti bo‘lish bilan birga fan va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirayotgan yirik ilmiy-tadqiqot maskanidir. Universitet yildan-yilga o‘z ish faoliyatini kengaytirib, bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari hajmini tobora oshirib bormoqda. So‘nggi yillarda davlat byudjeti va sanoat korxonalari tomonidan moliyalashtirilgan 150 dan ortiq ilmiy loyiha amalga oshirildi.

Universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy markaz va laboratoriyalarda ilmiy xodimlar yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlovchi texnik qurilmalar, energiya va resurslarni tejovchi texnologiyalar hamda muqobil energiya manbalarini yaratish va ishlab chiqish, yer osti boyliklari va resurslaridan samaralari foydalanish tizimini takomillashtirish, materialshunoslik, konstruksion materiallar texnologiyasi va mashinasozlik majmuasi bo‘yicha yangi ilg‘or texnologiyalar yaratish, biotexnologiya, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, yangi texnologiyalarni loyihalash, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

– 2016-yilda ilmiy-texnikaviy davlat dasturlari doirasida jami 82 fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar bo‘yicha 4 milliard 718 million so‘mlik ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi, – deydi universitet prorektori Botir Mirzaahmedov. – Joriy yilda 7,5 milliard so‘mlik ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilishi rejalashtirilgan. So‘nggi uch yilda sanoat korxonalarining texnik, texnologik hamda xomashyo muammolarining yechimiga qaratilgan 120 dan ortiq xo‘jalik shartnomasi amalga oshirildi.

Konferensiyada innovatsiya faoliyatini rivojlantirish, energiya va resurs tejaydigan texnologiyalardan keng foydalanish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi. Iqtisodiyotimizning real sektori korxonalaridagi mavjud dolzarb texnik, texnologik va xomashyo muammolarini hal etishga doir taklif va tavsiyalar berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilmiy-texnikaviy salohiyat yuksalmoqda