O‘zA O`zbek

20.12.2017 19:43 Chop etish versiyasi

Ibrohim G‘afurovning 80 yillik tavallud ayyomiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti?da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, tarjimon, adib va olim Ibrohim G‘afurovning 80 yillik tavallud ayyomiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Universitet rektori G‘.Rahimov va boshqalar mamlakatimizda milliy adabiyotimizni rivojlantirish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, ijod ahlining samarali mehnat qilishi uchun zarur barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladi.

Ibrohim G‘afurovning maftunkor, milliy ruh bilan yo‘g‘rilgan asarlarini barchamiz sevib mutolaa qilamiz. Uning “Go‘zallikning olmos qirralari”, “Unutilmagan bog‘”, “Joziba”, “Yonar so‘z”, “Yam-yashil daraxt”, “Yurak – alanga”, “Lirikaning yuragi”, “She’riyat – izlanish demak”, “O‘ttiz yil izhori”, “Til erkinligi” singari adabiy-tanqidiy, badiiy kitoblari xalqchilligi, samimiyati bois kitobxonlarning ko‘ngil mulkiga aylangan.

I.G‘afurov «Hayo – xaloskor», «Mangu latofat» va boshqa qator badialari va mansuralari jamlangan kitoblari bilan ham e’tibor qozongan. Serqirra ijodkor faoliyati davomida jahon adabiyotining durdona asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

Tadbirda I.G‘afurovning adabiyotimiz ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasi, serqirra ijodi, jamoat arbobi sifatidagi faoliyati, yuksak insoniy fazilatlari xususida so‘z yuritildi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
11 278