O‘zA O`zbek

15.12.2017 18:18 Chop etish versiyasi

E’zoz topgan xalq ta’limi jonkuyari (surat)

E’zoz topgan xalq ta’limi jonkuyari (surat) Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 78-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nazokat Vohidova o‘z mehnati va kasbga fidoyiligi bilan elda e’zoz topgan xalq ta’limi jonkuyarlaridan.

2.jpg

Nazokat Vohidova har bir o‘quvchiga individual yondashadi, alohida e’tibor qaratadi. Ta’lim jarayonida yangi pedagogik tajriba va texnologiyalarni keng qo‘llashi, darsga puxta hozirlik ko‘rishi, interfaol usullardan unumli foydalanishi o‘qitish samaradorligini oshirmoqda. Ta’limdagi uzoq yillik samarali mehnati e’tirof etilib, 2011-yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan Nazokat opaga bu yil ham qutlug‘ keldi. U 2017-yil O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
15 488