O‘zA O`zbek

09.01.2020 Chop etish versiyasi

Bugun tug‘ilgan kun

Bugun tug‘ilgan kun


9 yanvar

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Baxtiyor Doniyorov 1960 yil 9 yanvarda Samarqand shahrida tug‘ilgan. 

Baxtiyor Doniyorov maktabni tamomlab Sirdaryo davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirgan. Oliy ta’limning so‘nggi bosqichlarini esa Moskva davlat pedagogika institutida o‘qigan. 

U mehnat faoliyatini 1982 yil Samarqand davlat pedagogika institutida o‘qituvchilikdan boshlaydi. 1994 yil o‘zbek tili sohasi ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1994-1997 yillarda hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti doktaranturasida tadqiqot ishlarini davom ettirdi.

Baxtiyor Doniyorov 2017 yil Navoiy davlat pedagogika instituti rektori vazifasiga tayinlangunga qadar ham ta’lim sohasida mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi, Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi. 

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin. 

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37 

Saytimizni kuzatib boring! 


4 335
O‘zA