O‘zA O`zbek

10.10.2019 Chop etish versiyasi

Bugun tug‘ilgan kun

Bugun tug‘ilgan kun

10 oktabr

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshliq o‘rinbosari Baqojon Murodov 1972 yil 10 oktabrda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 

Biologiya fanlar nomzodi, dotsent Baqojon Murodov 1995 yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. U bir necha yil Toshkent davlat agrar universitetining o‘simliklarni himoya qilish kafedrasida faoliyat olib borgan. 

O‘tgan yili O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshliq o‘rinbosari lavozimiga tayinlangunga qadar O‘simliklar karantini Bosh davlat inspeksiyasining Markaziy laboratoriya mudiri vazifasida ishlagan.

*** 
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring

375
O‘zA