O‘zA O`zbek

20.12.2019 Chop etish versiyasi

Bugun tug‘ilgan kun

Bugun tug‘ilgan kun


20 dekabr

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mahmud Ismoilov 1954 yil 20 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan.

U 1977 yil Toshkent teatr va rassomlik san’at institutini (hozirga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) tugatgan. Tomoshabinlar Mahmud Ismoilovni teatrdagi, xususan, O‘zbek Milliy Akademik drama teatridagi faoliyati davomida o‘ynagan rollarini yaxshi biladi. 

U aktyorlik faoliyati davomida juda ko‘plab sahna asarlarida turli obrazlar yaratgan bo‘lsa, har bir roli ustida jiddiy ishlab, tomoshabin mehrini qozonib kelmoqda.

* * * 

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi. 

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin. 

Telegram: @UzA_pochta
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37 

Saytimizni kuzatib boring!


1 436
O‘zA