O‘zA O`zbek

04.08.2020 Chop etish versiyasi

Bionik koʻzlarning yangi avlodi

Bionik koʻzlarning yangi avlodi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Tibbiyot fanlari boʻyicha ilmiy-texnik kengashning navbatdagi onlayn majlisida vazirlik tomonidan eʼlon qilingan tanlovlarga topshirilgan loyihalar muhokama qilindi.

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi innovatsion va amaliy loyihalar tanlovining 1-12-turlari qayta eʼloniga kelib tushgan amaliy loyihalar taqdimoti va muhokamasi oʻtkazildi. Ushbu tanlovda eʼlon qilingan “Bionik koʻzlarning yangi avlodini implantatsiya qilish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha ham muhokama qilindi.

Koʻz sohasida retinal protezlarni qoʻllash Oʻzbekistonda kam koʻrish, koʻrlik va koʻrish boʻyicha nogironlik darajasini kamaytirishga imkon beradi. Ushbu loyiha koʻzning tomirli qobigʻi va setchatkaning degenerativ kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarda sunʼiy koʻrishni taʼminlash maqsadida respublikada ilgari qoʻllanilmagan yangi avlod “Argus II” retinal protez implantatsiyasi bilan mikroxirurgik yangi texnologiyani tatbiq etishga yoʻnaltirilgan.

Kengash loyihani maʼqullab, vazirlik hayʼatiga topshirdi.

28 185
Sh.Mamaturopova, OʻzA