O‘zA O`zbek

21.06.2019 Chop etish versiyasi

Besh haftalik harbiy psixologiya darslari yakunlandi

Besh haftalik harbiy psixologiya darslari yakunlandi

M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida besh hafta davom etgan harbiy psixologiya bo‘yicha darslarda Mudofaa vazirligining 25 nafar harbiy xizmatchisi soha bo‘yicha o‘z malakasini oshirdi. 

Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati O‘zAga ma’lum qildi.

Jami 144 soat davom etgan malaka oshirish kurslarida harbiy xizmatchilar oila psixologiyasi, suitsid va stress holatlarining oldini olish kabi dolzarb mavzularda olib borilgan darslarda qatnashdi. Bundan tashqari, ular jamoani jipslashtirish, kichik va katta guruhlar bilan ishlash taktik usullari va ko‘nikmalarini mustahkamlab, psixologik ishlarni tashkil etish va olib borishda muayyan tajribaga ega bo‘ldi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, Vatan mudofaasida har tomonlama profissional harbiy kadrlar guruhini shakillantirish maqsadida insonning harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo‘ladigan xulq-atvorini, harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o‘rganuvchi harbiy psixologlarni tayyorlash, bilim va malakalarini boyitish borasidagi maqsadli ishlar jadal olib borilmoqda. 

Kurslarni yakunlagan harbiy xizmatchilarga sertifikatlar taqdim etildi.

3 977
O‘zA