O‘zA O`zbek

20.11.2019 Chop etish versiyasi

BAA va Rossiya hamkorligida yangi sun’iy yo‘ldosh parvozi amalga oshiriladi

BAA va Rossiya hamkorligida yangi sun’iy yo‘ldosh parvozi amalga oshiriladi

Birlashgan Arab Amirliklari Rossiya bilan birgalikda sun’iy yo‘ldosh yaratish va uni Rossiya hududidan uchirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

“RIA Novosti“ xabarida aytilishicha, bu haqda Amirliklar Kosmik agentligi boshqarmasi direktori Holid al Hoshimiy ma’lumot bergan.

“Hozirda Amirliklarning sun’iy yo‘ldoshini yaratish va uni Rossiyada uchirish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda”, dedi al Hoshimiy.

U mazkur muzokaralar Dubay aviasaloni tadbirlari doirasida bo‘lganini ta’kidlagan.

1 955
O‘zA