O‘zA O`zbek

13.12.2017 18:13 Yoshlarga oid davlat siyosati

“Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlarida 27 ming kitobxon ishtirok etdi

“Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlarida 27 ming kitobxon ishtirok etdi Navoiyda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi tashabbusi bilan “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning tuman va shahar bosqichlarida qariyb 27 ming kitobxon ishtirok etdi.

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

3 (1).JPG

Tanlov 14-19 yosh – umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, 20-30 yosh – talaba va o‘qituvchilar, uyushmagan aholi va yoshlar o‘rtasida tashkil etildi. Bellashuvning viloyat bosqichida 20 nafar kitobxon “Ijtimoiy-siyosiy soha bilimdoni”, “Ma’naviy-ma’rifiy kitoblar bilimdoni”, “Badiiy kitoblar bilimdoni”, “Men sevgan adib”, “She’riyat” kabi shartlar bo‘yicha bilimini sinovdan o‘tkazdi.

Qiziltepa tumanidagi 23-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Aziza Haydarova, Navoiy davlat konchilik instituti huzuridagi 2-akademik litsey o‘qituvchisi Maftuna Ochilova birinchi o‘rinni egalladi.

G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA