O‘zA O`zbek

30.11.2017 11:51 Yoshlarga oid davlat siyosati

Nukusda “Kamalak" yulduzlari” saralanmoqda

Nukusda “Kamalak" yulduzlari” saralanmoqda Nukusda “Kamalak" yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Kamalak” bolalar tashkiloti tashabbusi bilan san’atga oshufta o‘quvchi yoshlarni izlab topish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan tanlov ko‘plab yosh iste’dod egalarini kashf etishga xizmat qilmoqda.



Tanlovda 595 ishtirokchi mumtoz va zamonaviy qo‘shiqchilik, musiqa asboblari ijrochiligi, tasviriy va amaliy san’at, raqs, nasr va nazm kabi yo‘nalishlarda bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi. G‘olib bo‘lgan 25 o‘quvchi tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Shuningdek, 40 nafarga yaqin faol o‘g‘il-qiz ijodi munosib baholanib, tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

G‘oliblar orasida Taxiatosh tumanidagi 4-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Nazira O‘rozboyeva ham bor. U ikki yildan buyon tumandagi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot markazining gilamdo‘zlik to‘garagida hunarmandlik sirlarini o‘rganmoqda.



– Bugun turli hududlardan kelgan tengdoshlarimning ishi bilan tanishdim, – deydi Nazira. – Bunday tadbirlar biz, yoshlarning tajriba almashishimiz, bir-birimizdan o‘rganishimizga ko‘maklashadi. Endi mamlakat bosqichida ham muaffaqiyatli ishtirok etishga harakat qilaman.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA