O‘zA O`zbek

21.12.2017 15:11 Yoshlarga oid davlat siyosati

G‘ofurjon Mirzayev: “Prezidentimiz sirdaryolik yoshlarga tabrik yo‘lladi”

G‘ofurjon Mirzayev: “Prezidentimiz sirdaryolik yoshlarga tabrik yo‘lladi” Xabar qilinganidek, Toshkentda Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayevning ta’kidlashicha, shu yil 19-dekabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbariga sirdaryolik yoshlar bilan uchrashish taklifi bildirilgan.

Ushbu tashabbusni Prezidentimiz qo‘llab-quvvatlab, viloyat hokimiga sirdaryolik yoshlarni Yangi yil bayrami bilan tabriklashni, Toshkentda tahsil olayotgan sirdaryolik yoshlarning qaytib borib ishlashi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berish vazifasini topshirgan.

– Xususan, yosh kadrlarni uy-joy bilan ta’minlash, munosib mehnat sharoitlari yaratib berish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdilar, – dedi viloyat hokimi yoshlar bilan uchrashuv chog‘ida. – Guliston shahridagi “Buyuk kelajak” mavzeida 68 ta ko‘p qavatli uy qurilmoqda. Biz bu uylarni yosh mutaxassislarga ajratilishini rejalashtirganmiz.

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA