O‘zA O`zbek

20.01.2014 14:28 Xotin-qizlarga e'tibor - kelajakka e'tibor

Xotin-qizlar faolligini oshirish yo‘lida

Poytaxtimizda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi “Ayollar qanoti” kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, partiyaning “Ayollar qanoti” kengashi raisi 3.Botirova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlol yillarida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi mavqeini yanada yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy islohotlardagi ishtirokini faollashtirish, oila, onalik va bolalik manfaatlarini himoyalashga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ham xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Ayollar, yoshlar va elektorat manfaatlarini ifoda etishga qaratilgan loyihalar partiyaning jamoatchilik orasidagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga xizmat qilayotir. Misol uchun, “Ayollar qanoti” kengashi tashabbusi bilan ikki yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Partiyaning oqila ayoli” ko‘rik-tanlovi xotin-qizlarning mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarini modernizatsiya qilish va yangilashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli islohotlardagi ishtirokini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2013-yilda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, partiya maqsad va vazifalari bilan yaqindan tanishtirish, ularning jamiyatdagi maqeini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarda minglab ayollarning ishtiroki ta’minlangan. Sog‘lom bola yilida bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengayadi.

Tadbirda “Ayollar qanoti” kengashining faoliyatini kuchaytirish va zamon talablariga moslashtirish, tashabbuskorligini oshirish, partiya tizimida faol ayollarni ko‘paytirish, ularni partiya saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni bajarishga keng jalb etish masalalari yuzasidan vazifalar belgilandi.


O‘zA, Sayyora Shoyeva