Buxoro shahridagi “Dilkusho” sport markazida 15-19 yoshli qizlar o‘rtasida ilk bor boks bo‘yicha viloyat ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.

"/>
O‘zA O`zbek

11.06.2014 19:59 Xotin-qizlarga e'tibor - kelajakka e'tibor

Ringda – qizlar

Buxoro shahridagi “Dilkusho” sport markazida 15-19 yoshli qizlar o‘rtasida ilk bor boks bo‘yicha viloyat ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.

Buxoro viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda Buxoro boks sport klubi tomonidan tashkil etilgan turnirda mezbonlar bilan birga Samarqand va Jizzax viloyatlaridan 14 sportchi qiz yetti vazn toifasida o‘zaro kuch sinashdi. Jizzax viloyatidan E’zoza Normatova, Maftuna Meliyeva, Emine Shmikova, Buxoro viloyatidan Azizabonu Mamirova, Shahlo Rahmatova va Mohinur Namozova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 


O‘zA, Tohir Istatov (surat)