Yoshlar ijod saroyida “Mahallaning eng orasta qizlari” respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

"/>
O‘zA O`zbek

16.06.2014 15:04 Xotin-qizlarga e'tibor - kelajakka e'tibor

Orasta va oqila qizlar

Yoshlar ijod saroyida “Mahallaning eng orasta qizlari” respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasidagi mazkur ko‘rik-tanlov Toshkent shahar hokimligi, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining Toshkent shahar bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Unda mahalla, xotin-qizlar qo‘mitalarining faollari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, mahallalar, ta’lim maskanlaridagi “Orasta qizlar” to‘garaklari a’zolari ishtirok etdi.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi raisi J.Inog‘omov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor borasidagi ezgu sa’y-harakatlarda o‘smir qizlar salomatligi, ularning ta’lim-tarbiyasi, kasb-hunar o‘rganishi, kelajagi to‘g‘risida mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish masalasi muhim o‘rin egallashini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda qizlarni o‘n ikki yillik uzluksiz ta’lim bilan to‘laqonli qamrab olish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, huquqiy, tibbiy, ekologik madaniyatini yuksaltirishga oid ibratli chora-tadbirlar millatimiz genofondini yanada sog‘lomlashtirish, hech kimdan kam bo‘lmagan avlodni kamolga yetkazishdek ulug‘vor maqsadlarga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar, hokimliklar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda qizlarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni qaror toptirish, ularni turli zararli illatlardan ishonchli tarzda himoyalash maqsadida «Mahallaning eng orasta qizlari» tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlov shartlarida mahallalarda olib borilayotgan ishlar, erta turmush qurish holatlarining oldini olish, oila, maktab, ta’lim maskani hamkorligini mustahkamlash, o‘smir qizlarning didi, ma’naviyati, tafakkurini, tibbiy madaniyatini to‘g‘ri shakllantirish, ularning oila va jamiyat oldidagi mas’uliyatini kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar samaradorligiga alohida urg‘u berildi.

Shayxontohur tumanining «Ibratli qizlar» jamoasi ko‘rik-tanlovning Toshkent shahar bosqichida birinchi o‘ringa loyiq topilib, «Mahallaning eng orasta qizlari» respublika forumida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.


O‘zA, Nazokat Usmonova, Yolqin Shamsiddinov (surat)