Beshariq tumanida “Mahallam – faxrim mening, tinchligim – baxtim mening” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

"/>
Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

23.06.2014 16:59 Vatan mahalladan boshlanadi

Mahallam – faxrim mening

Beshariq tumanida “Mahallam – faxrim mening, tinchligim – baxtim mening” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona viloyati hokimligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalla faollari, tadbirkorlar, yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samarasida mahalla jamiyatimizda ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzi falsafasining qaror topishi, barkamol avlodni tarbiyalash, joylarda ta’lim, aholi bandligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlashga katta hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi. Bugungi kunda mahallaning joylarda o‘zaro hamjihatlik muhitini qaror toptirish, osoyishtalik va farovonlikni ta’minlashdagi o‘rni va roli mustahkamlanib, u xususiy tadbirkorlik, oilaviy biznes va hunarmandchilikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

– Aholi farovonligiga xizmat qilayotgan bunday ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, mahallani xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi raisi A.Yo‘lbarsov. – Endilikda fuqarolar yig‘inlari tegishli hududda faoliyat yuritayotgan hunarmandchilik sexlari, sartaroshxona, poyabzal ta’mirlash, tikish ustaxonalari, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa korxonalarni tashkil etadi. Eng muhimi, tadbirkorlik subyektlari, xususan, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun kreditlar olishda fuqarolar yig‘inlari belgilangan tartibda kafil bo‘lishi mumkin.

Tadbir yakunida tumanda tomorqachilik sohasida erishilayotgan yutuqlar aks etgan ko‘rgazma va viloyat badiiy jamoalarining konsert dasturi namoyish etildi.


O‘zA, M.Sulaymonov