O‘zA O`zbek

01.07.2014 12:29 Vatan mahalladan boshlanadi

Mahalla yangi binoga ega bo‘ldi

Mahalla yangi binoga ega bo‘ldi
“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadigan mahalla institutining rolini kuchaytirish va nufuzini oshirish, uning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yilda o‘nga yaqin yangi mahalla markazlari bunyod etildi. Jumladan, Nukus shahridagi 52-Navbahor mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi foydalanishga topshirilib, zarur mebel va komputer jihozlari bilan ta’minlandi.

Binoning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari M.Aleuov, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi raisi X.Elmuratov va boshqalar mamlakatimizda mahalliy hokimiyat idoralarining vakolatlarini kengaytirish va faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilganini ta’kidladi.

– Eski idoramizning zamonaviy kommunikatsiya tizimlariga ulanmagani va xonalarning yetishmasligi ko‘p muammolarni keltirib chiqarardi, – deydi 52-Navbahor mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Bozorgul Yo‘ldosheva. – Mahalla markazi endi mebel, komputer texnikasi, faoliyatimizga oid ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlandi. Oqsoqol, kotib, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, posbon va hudud profilaktika inspektori uchun va fuqarolar bilan ishlaydigan alohida xonalar ajratildi.

Bino oldidagi ko‘rkam xiyobon va favvora atrofi mahalla ahli uchun dam olish maskaniga 

O‘zA, A.Ortiqboyev, M.Habibullayev (surat)