O‘zA O`zbek

27.10.2016 16:17 Bolalar sporti

Sport maktabining yangi suv havzasi foydalanishga topshirildi

Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining yangidan bunyod etilgan suv havzasi foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan barpo etilgan mazkur suv havzasi zamonaviy talablar darajasida jihozlangan.

– Qizim Bekzoda besh yildan buyon suzish to‘garagiga qatnaydi. Qish mavsumida qiynalar edik, – deydi Sevara Rasulova. – Mana qisqa fursat ichida barcha mavsumda shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lgan yangi suv havzasi bolalarimiz ixtiyoriga topshirildi.

Farzandlarimizning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardan minnatdormiz.

Toshkent shahrida 2003-2015-yillarda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 119 yangi sport inshooti barpo etildi va rekonstruksiya qilindi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA