O‘zA O`zbek

07.04.2016 16:41 Bolalar sporti

Sport – barkamollik asosi

Sport – barkamollik asosiBuxoro shahridagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida 1 ming 950 ga yaqin o‘g‘il-qiz sportning shaxmat-shashka, voleybol, boks, badiiy va sport gimnastikasi, yengil atletika, basketbol, velosport turlari bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

Zamon talablari darajasida jihozlangan mashg‘ulot zallari, ochiq sport maydonlari yoshlar ixtiyorida.

– Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish salomatlikning muhim omilidir, – deydi sport maktabi shifokori Mohinur Saidqulova. – Bu yerda tarbiyalanayotgan sportchilar salomatligi doimiy nazoratga olingan, ularga sog‘lom turmush tarzini yuritish bo‘yicha ham saboq berilmoqda.

Tohir Istatov (surat), O‘zA