O‘zA O`zbek

21.06.2016 19:45 Bolalar sporti

Mahorat va salomatlik maskani

Mahorat va salomatlik maskani Jizzax viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasiga qarashli suv sporti turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida mahorat sirlarini o‘rganayotgan 350dan ziyod o‘quvchi-yoshlarning 100 nafarga yaqini qizlardir.

Zamonaviy maskanda suv sportining qator turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar malakali murabbiylar tomonidan olib borilayotir. Shu kunlarda maktab tarbiyalanuvchilari Andijon shahrida bo‘lib o‘tadigan sinxron suzish bo‘yicha mamlakat birinchiligi musobaqalariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Sherzod Nazarov (surat), O‘zA