Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.02.2017 19:16

Yosh sportchilarimiz xalqaro turnirda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi

Mamlakatimiz stol tennischilari Latviyaning Riga shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Yuzdan ziyod sportchi qatnashgan turnirda Islom Sultonov barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Sportchilarimizdan Marhabo Ma’dieva, So‘g‘diyona Madaliyeva, Rumiya Lutfulina, Muhriddin Rajabov, Abdulaziz Anorboyev bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Turnirda mamlakatimiz sportchilari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Bayram Aytmurodov, O‘zA






Все о погоде - Pogoda.uz