Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.02.2017 19:19

"Sevinch" yetakchilikni qo‘lga oldi

"Sevinch" yetakchilikni qo‘lga oldi Poytaxtimizdagi "Yoshlik" sport majmuasida mini-futbol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida XIII O‘zbekiston chempionatining birinchi bosqich ikkinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Bu yilgi chempionat bahslarida to‘qqizta jamoa o‘zaro kuch sinashmoqda. Qoidaga ko‘ra, dastlabki bosqichda har bir jamoa o‘zaro bittadan o‘yin o‘tkazadi va eng kuchli olti jamoa ikkinchi bosqichda medallar uchun kurashni davom ettiradi.

Chempionatning ikkinchi turi ham qiziqarli uchrashuvlar va gollarga boy bo‘ldi. Qarshining “Sevinch” klubi Nukusning "Qirq qiz" jamoasini 8:0, Jizzaxning “Alanga-So‘g‘diyona” jamoasini 4:0, “Oqqo‘rg‘on”ni (Toshkent viloyati) 5:1, "Baxmal BO‘SM"ni (Jizzax) 7:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikki tur natijasiga ko‘ra, sakkizta uchrashuvning yettitasida g‘alaba qozonib, bittasida durang o‘ynagan "Sevinch" jamoasi 22 ochko bilan musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi G‘uzorning “Sho‘rtan Lady” klubi bilan 3:3 hisobida durang o‘ynab, "Qirq qiz" va “Paxtakor Woman”ni (Toshkent) bir xil – 4:1 hisobida yengdi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi 20 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Paxtakor Woman” 15 ochko bilan uchinchi o‘rinda bo‘lsa, “Sho‘rtan Lady” 14, “Yuzrobod” (Toshkent) 12 va "Qirq qiz" 7 ochko jamg‘argan holda kuchli oltilikda bormoqda.

Bayram Aytmurodov, Muhammad Amin (surat), O‘zA






Все о погоде - Pogoda.uz