Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.01.2017 16:36

Navoiyda “Askar onalarini sharaflaymiz” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi

Navoiyda “Askar onalarini sharaflaymiz” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi Navoiyda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Askar onalarini sharaflaymiz” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, mudofaa ishlari, madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarning onalari, harbiy xizmatchilar, jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar ishtirok etdi.

Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashga hissa qo‘shish har bir yigit uchun yuksak shon-sharaf ishiga aylangani alohida ta’kidlandi.

– O‘g‘lim Mehriddin Sirdaryo viloyatida muddatli harbiy xizmatni o‘tamoqda, – deydi Navoiy shahrida yashovchi Sanobar Sharipova. – Har gal televideniye va matbuot orqali mard va jasur askarlarni ko‘rsam, xuddi o‘g‘limni ko‘rgandek bo‘laman. Albatta, bunday tuyg‘uni har bir ona his qilishi tabiiy. Biz, onalarga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimizdan minnatdormiz.

Tadbirda mamlakatimizning turli viloyatlarida yigitlik burchini o‘tayotgan askarlarning onalariga harbiy qismlar komandirlaridan kelgan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Askarlarga “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi tomonidan milliy va jahon adabiyoti durdonalari tarqatildi.

San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA






Все о погоде - Pogoda.uz