Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.02.2017 21:20

Milliy sport ommalashmoqda

Milliy sport ommalashmoqda Mamlakatimizda yosh avlodni sportga keng jalb etishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida o‘zbek jang san’ati yoshlar o‘rtasida tobora ommalashmoqda.

Jizzax tuman transport va sanoat kasb-hunar kolleji bazasida ushbu milliy sport turi bo‘yicha tashkil etilgan to‘garakda 115 nafar o‘g‘il-qiz mahorat oshirmoqda. Hosilbek Jabborov, Mahliyo Meliboyeva, Dilshoda Xolmurodova, Munisa Davlatboyeva, Sabrina Abdujalilova, Javohir Xolmurodov singari yosh sportchilar mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallayotir.

– O‘zbek jang san’ati zamirida xalqimizga xos mardlik, vatanparvarlik mujassam, – deydi murabbiya Barno Qo‘shboqova. – Ushbu sport turi yoshlarni jismonan chiniqtirish bilan birga, ularda kamtarlik, halollik, sabr-toqat kabi fazilatlarni shakllantiradi.

Sherzod Nazarov (surat), O‘zA






Все о погоде - Pogoda.uz