Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.03.2017 15:23

Iste’dodli tennischilar Namanganda kuch sinashmoqda

Namanganda o‘smirlar va qizlar o‘rtasida an’anaviy xalqaro turnir boshlandi.

Unda O‘zbekiston, Rossiya, Buyuk Britaniya, Serbiya, Kipr, Belarus, Janubiy Afrika Respublikasi, Chexiya, Ruminiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tailand, Suriya, Ukraina, Isroil, Latviya, Slovakiya va Bolgariyadan yuzdan ortiq tennischi bosh sovrin uchun kuch sinashmoqda.

Musobaqaning asosiy to‘r bahslarida mamlakatimiz sharafini Olimjon Nabiyev, Aleksandr Vospitannikov, Sergey Fomin, Azamat Luqmonov, Aziz Dadaboyev, Azizxon Turg‘unov himoya qiladi.

Qizlar o‘rtasida Yuliya Kim, Kamola Umarova, Gulsina Xalimulina, Valeriya Vorobyova, Elina Sharipova hamda Laylo Bahodirova g‘oliblik uchun kortga chiqadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA






Все о погоде - Pogoda.uz