Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.09.2007 10:31

Farg‘ona viloyati onkologiya shifoxonasiga yangi jihozlar keltirildi

O‘zA, M.Sulaymonov – Farg‘ona viloyati onkologiya shifoxonasiga 300 million so‘mlik zamonaviy tibbiy jihozlar keltirildi. Bu nafaqat ushbu kasallikni davolash, balki uning oldini olishda ham samara berishi ta’kidlanmoqda.

– Rentgen, gastroduodenoskop va boshqa tibbiy uskunalarning kasallikka aniq tashxis qo‘yishda ahamiyati katta, – deydi shifoxona bosh vrachi Zulfiya Islombekova. – Aholi o‘rtasida profilaktika ishlariga ham e’tibor qaratmoqdamiz. Shahar va tumanlarda olib borayotgan skrining tadqiqotlarimiz saraton kasalligi bosqichlarini erta aniqlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘mak berayotir.

Keyingi yillarda mazkur shifoxonada qator murakkab operatsiyalar qilinmoqda. Rossiyaning Rostov shahridagi onkologiya instituti bilan o‘rnatilgan hamkorlik mutaxassislar malakasini oshirish, o‘zaro tajriba almashish imkonini bermoqda.








Все о погоде - Pogoda.uz