O‘zA - O'zbek lotin
Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

A’lochilar uchun stipendiya

09.01.08 15:01

Guliston pedagogika kolleji Sirdaryo viloyatidagi zamonaviy ta’lim maskanlaridan biridir. Bu yerda o‘quvchilarning zamon talablari darajasida ta’lim-tarbiya olishi, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Yosh bokschilar bellashuvi

09.01.08 14:38

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Barkamol avlod” musobaqalarining boks bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi yakunlandi. Unda yuzdan ziyod yosh bokschi o‘z vazn toifalari bo‘yicha kuch sinashdi.

Jizzax viloyat o‘smirlar dispanserida profilaktik tadbir

09.01.08 10:33

Jizzax viloyat o‘smirlar dispanseri va muassasaning joylardagi bo‘linmalarida o‘smirlarning tibbiy kartalaridagi salomatlik ko‘rsatkichlari tahlil qilinmoqda. Ushbu an’anaviy profilaktik tadbir Yoshlar yilida yana ham yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Bo‘lg‘usi posbonlar bellashuvi

09.01.08 10:09

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 16 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va suhbatlar, sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Armiya – hayot maktabi

09.01.08 9:37

Prezidentimizning 2005 yil 31 oktabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori yoshlarimizning harbiy sohaga qiziqish va intilishini oshirishda, yigitlik burchini ado etayotgan yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlashda muhim dasturilamal bo‘layotir.

Samimiy qutlovlar

08.01.08 21:32

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga.

Internet orqali kitob almashish

08.01.08 19:26

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Respublika axborot-kutubxona markazida “Axborot-kutubxona tizimining hozirgi ahvoli va uni rivojlantirish muammolari” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.

«Mudom ezgulikning posboni bo‘lgin»

08.01.08 19:25

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Mudom ezgulikning posboni bo‘lgin” mavzuida mushoira bo‘lib o‘tdi. Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 16 yilligiga bag‘ishlangan ommaviy vatanparvarlik tadbirlari doirasida tashkil etilgan ushbu kechaga taniqli yozuvchi va shoirlar, harbiylar hamda adabiyot ixlosmandlari taklif qilindi.

Toshkent viloyatida sobiq askar ishli bo‘ldi

08.01.08 19:10

Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” nomli ma’ruzasida ta’kidlanganidek, armiya safida xizmat qilish yoshlarimiz uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki nufuzli kasblardan biriga, tom ma’nodagi shon-sharaf ishiga aylanib bormoqda.

Mehr va e’tibor – yosh iste’dodlar kamol topishining kafolati

08.01.08 17:36

San’atga, musiqaga e’tibor – go‘zallikni, nafosatni, ezgulikni ulug‘lash, demakdir. Yoshlarimizning musiqiy iste’dodi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida yaqin kelajakda mamlakatimizning har bir shahar va tumanida kamida bittadan zamonaviy musiqa va san’at maktabi faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashimiz kerak.

Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari tashkil etildi

08.01.08 17:34

Qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli fermerlik harakati kengayib, yetishtirilayotgan mahsulot hajmi oshmoqda. Bunda davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2007 yil 29 oktabrda qabul qilingan «Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni muhim omil bo‘lmoqda.

Farg‘ona viloyatida yangi kitob markazi ishga tushirildi

08.01.08 14:32

2008 yil – Yoshlar yilida Farg‘ona viloyatida yana bir kitob markazi ochildi. Ma’naviyat targ‘ibot markazining viloyat kengashi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksionerlik kompaniyasi qoshidagi “Sharq ziyokori” ochiq aksionerlik jamiyati bilan hamkorlikda Oltiariq tumanida ana shunday markaz ishga tushirildi.

Mavsumga puxta hozirlik

08.01.08 11:43

Sirdaryo viloyatidagi Guliston tuman mashina-traktor parki aksiyadorlik jamiyatida mavjud 80 ta seyalka, 66 chizel, 135 chopiq traktori, 910 borona, 28 ta yer tekislash texnikasi sifatli sozlanib, ko‘klamgi ekish mavsumiga hozirlab qo‘yildi.

Askarlar bilan uchrashuv

08.01.08 9:43

Farg‘ona viloyatida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 16 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan uchrashuv va muloqotlar, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Avtomagistral modernizatsiya qilinadi

07.01.08 20:29

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Markaziy Osiyo mintaqaviy transport yo‘lagining bir qismi hisoblangan asosiy avtomagistralni rivojlantirish uchun O‘zbekistonga 75,3 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratdi.








Все о погоде - Pogoda.uz