Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

So‘z – chempionat ishtirokchilariga

16.02.10 16:52

Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi. Bu yerda o‘ndan ziyod mamlakatdan kelgan gimnastikachilar sovrinli o‘rinlar va joriy yil 14-26 avgust kunlari Singapurda yoshlar o‘rtasida bo‘ladigan I Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun kuch sinashmoqda. O‘zA muxbirlari chempionat ishtirokchilarining ayrimlari bilan uchrashib, dastlabki taassurotlari haqida suhbatlashdi.

Jizzax viloyatida yalpi hududiy mahsulot hajmi 6,9 foizga oshdi

16.02.10 16:50

Jizzax viloyati faollari yig‘ilishi 2009 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda davlatimiz rahbarining shu yil 29 yanvarda Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari ijrosiga bag‘ishlandi. Yig‘ilishni Jizzax viloyati hokimi S. Ismoilov boshqardi.

Dolzarb vazifalar muhokamasi

16.02.10 16:19

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy e’tibor Prezidentimiz Islom Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi.

Advokatura samaradorligini oshirish yo‘lida

16.02.10 16:16

Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida sud-huquq tizimini bosqichma-bosqich demokratlashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amaliyotga tatbiq etilayotgani ta’kidlandi. Jumladan, advokatura instituti chuqur isloh etildi.

Askarlar xizmatdan qaytmoqda

16.02.10 16:06

Toshkent markaziy temiryo‘l vokzalida harbiy xizmatdan qaytgan yigitlar tantanali kutib olindi.

Mirzaobod anorlari

16.02.10 9:18

Saxovatli zaminimiz o‘zining xilma-xil mevalari qatori anorlari bilan ham mashhur.

Hamyurtlarimiz xalqaro turnir shohsupasida

16.02.10 9:05

AQSHda yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda mezbonlardan tashqari O‘zbekiston, Yaponiya, Xitoy, Bolgariya, Janubiy Koreya, Hindiston, Gretsiya, Armaniston, Venesuela va Kanadadan yuz ellik nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Yoshlar va reproduktiv salomatlik

15.02.10 19:48

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, inson sog‘-salomat, uzoq umr kechirishida muntazam harakatda bo‘lishi, sog‘lom turmush tarziga rioya etishi, jismonan faollikka va ma’naviy komillikka intilishi muhim omil hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yalpi hududiy mahsulot hajmi 8,2 foiz o‘sgan

15.02.10 19:46

Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida 2009 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2010 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi. Uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Yerniyazov boshqardi.

Saodatga eltuvchi yo‘l

15.02.10 19:32

XXI asr hayot sur’atlarining shiddatli va murakkab kechayotgani, axborotning aql bovar qilmas darajada tez almashinayotgani, keskin fikr almashuvlar yuz berayotgani bilan ham e’tiborlidir.

Bahslar qizg‘in pallada

15.02.10 19:20

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining birinchi liga bellashuvlarida ishtirokchilar oliy liga yo‘llanmasi uchun raqobatlashmoqda.

Kubok kimga tegadi

15.02.10 19:08

2010 yilgi futbol mavsumiga poytaxtimizda tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoalar o‘rtasida O‘zbekiston Professional futbol ligasi kubogi uchun o‘tkazilayotgan musobaqa hal qiluvchi pallaga kirdi.

Karatechilarimiz mahorati

15.02.10 19:07

Bishkek shahrida karate-do bo‘yicha xalqaro turnirda mezbonlardan tashqari O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistondan 800 nafarga yaqin sportchi bellashdi.

Innovatsion g‘oyalar – taraqqiyot omili

15.02.10 15:41

Davlatimiz rahbarining 2008 yil 15 iyulda qabul qilingan innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlarga oid qarori ilmiy-tadqiqot ishlarini amaliyotga samarali qo‘llashda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Xotin-qizlar bandligini oshirish yo‘lida

15.02.10 14:44

Surxondaryo viloyatida o‘tgan yili xotin-qizlar uchun 21 mingdan ziyod ish o‘rni yaratildi. Shahar va tumanlardagi bandlikka ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilgan xotin-qizning aksariyati turli sohalarga ishga joylashtirildi. 1 ming 593 ayol haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 1 ming 187 nafari kasb-hunarga qayta o‘qitildi.

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

15.02.10 14:40

Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 19 yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga fuqarolarni navbatdagi chaqiruv hamda muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasining chaqiruv-yig‘in punktida bir guruh chaqiriluvchilar harbiy xizmatga kuzatildi.

Yangi avtobuslar – aholi xizmatida

15.02.10 14:32

Qashqadaryo viloyatida qishloq joylarda yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash maqsadida 16 qo‘shimcha yo‘nalish ochilib, Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.