Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangi filmlar premyerasi bo‘lib o‘tdi

08.05.08 18:31

Respublika Kinochilar uyida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “O‘zbekkino” milliy agentligi va O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi tomonidan yaratilgan “Latif Fayziyev” hamda “Har so‘zi navo edi” hujjatli filmlarining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda mustaqil advokatura rivojlanmoqda

08.05.08 18:04

Hayot yo‘lida inson turli murakkab holatlarga duch kelishi mumkin. Odam kimningdir yordamiga ehtiyoj sezmaydi, deb hech kim kafolat berolmaydi. Bunday vaziyatda avvalo har tomonlama yetuk advokat jonga ora kiradi. Shuning uchun yurtimizda ushbu kasb sohiblarining o‘rni va mavqeini yanada yuksaltirishga, fuqarolarning haqiqiy himoyachisi bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Xotira – muqaddas” mavzuidagi badiiy ko‘rgazma

08.05.08 17:31

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida “Xotira – muqaddas” mavzuidagi badiiy ko‘rgazma tashkil etildi. Undan G.Abdurahmonov, A.Slugin, A.Hakimov, A.Shoymurodov, Ye.Gadetskiy, V.Rodin kabi yoshi ulug‘ mo‘yqalam sohiblarining asarlari o‘rin olgan.

“Quruvchi” – chorak finalda

08.05.08 16:22

Qit’amizdagi futbol klublarining eng nufuzli musobaqasi – Osiyo chempionlar ligasida ilk marotaba ishtirok etayotgan Toshkentning “Quruvchi” jamoasi muddatidan oldin chorak finalga yo‘llanma oldi.

Neft rekord ko‘rsatkich – 123,5 dollarga baholandi

08.05.08 15:49

RATA-TASSning xabar berishicha, Nyu-York xomashyo birjasida o‘tgan so‘nggi savdoda “qora oltin” rekord ko‘rsatkich – 123,5 AQSH dollariga baholandi. Bu ko‘rsatkich avvalgi savdoda qayd etilgan narxdan qariyb 1 dollarga ko‘p.

“Kristis”da Pablo Pikassoning 40 ta asari sotuvga qo‘yildi

08.05.08 15:48

Londondagi “Kristis” savdo uyida mashhur rassom Pablo Pikassoning 40 ta asari sotuvga qo‘yildi, xabar beradi RATA-TASS. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning bahosi 500 ming funtdan (qariyb 1 million AQSH dollariga teng) oshishi kutilmoqda.

Farg‘ona oromgohlari yoz mavsumiga tayyorlanmoqda

08.05.08 13:36

Farg‘ona viloyatida yoz mavsumida bolalarni sog‘lomlashtirish, o‘quvchilarning ta’til kunlarini maroqli o‘tkazish, mazmunli dam olishlarini ta’minlashga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Bolalar oromgohlari ta’mirlanib, mavsumga shay holatga keltirilmoqda.

Matyoqub Qo‘shjonovga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi

08.05.08 13:34

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida O‘zbekiston fan arbobi, adabiyotshunos olim, akademik, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Matyoqub Qo‘shjonov faoliyati va ijodiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, o‘qituvchilar, olimning shogirdlari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Inson aziz, xotira muqaddas

08.05.08 12:10

Xotira va qadrlash kuni arafasida Jizzax shahrida yashovchi 70 nafar urush va mehnat faxriysi G‘allaorol tumanidagi ziyoratgohlarda bo‘ldi.

Faxriylar hamisha ardoqda

08.05.08 9:02

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasini 2008 yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

07.05.08 22:00

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va joylardagi davlat hokimiyati organlari 2008 yilning birinchi choragida amalga oshirgan chora-tadbirlar Prezident Islom Karimovning shu yil 8 fevraldagi ma’ruzasida belgilab berilgan 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishlarini, muhim maqsadli kompleks dasturlar, shuningdek, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini rivojlantirish, hamda texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirishni ta’minlashga qaratildi.

“Nuroniy” va “Ekosan” Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan uchrashuvni o‘tkazdi

07.05.08 19:56

Toshkentdagi “Nuroniy” oromgohida “Nuroniy” O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda “Ekosan” ekologiya va salomatlik xalqaro tashkiloti hamkorligida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. Unda ushbu shifo maskanida sog‘ligini tiklayotgan faxriylar, yosh olimlar, ekologlar, shifokorlar ishtirok etdi.

Nuroniylar doim ardoqda

07.05.08 17:22

Respublika urush va mehnat faxriylari pansionatida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Doimo ardoqdasiz” mavzuida uchrashuv o‘tkazildi.

Non ifori

07.05.08 16:49

Gul ifori hammaga yoqadi. Ammo olamda yana bir bo‘y borki, u har qanday guldan muattarroqdir. Yer yuzining barcha hududlarida bir xil taraladigan va kattayu kichikni o‘ziga birdek jalb etuvchi non ifori.

“Umumarmiya o‘yinlari” yakunlandi

07.05.08 16:03

Toshkent va Chirchiq shaharlarida sportning harbiy-amaliy va Olimpiya turlari bo‘yicha uchinchi “Umumarmiya o‘yinlari” yakunlandi. Unda jamoalar harbiy uchkurash, ofitserlar uchkurashi, kurash, ko‘pkurash, yengil atletika, tosh ko‘tarish, voleybol va qo‘l jangi bo‘yicha kuch sinashdi.








Все о погоде - Pogoda.uz