Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Admiral Uilyam Fellonning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi haqida

24.01.08 21:30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24 yanvar kuni Oqsaroyda AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni admiral Uilyam Fellonni qabul qildi. Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, qo‘shni Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, xalqaro terrorizmga, narkotrafikka, ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishi va boshqa zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish borasida tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni muhokama qildi

24.01.08 20:09

24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni muhokama qilishni davom ettirdi. Majlisni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri D.Toshmuhamedova olib bordi. Deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining Yadroviy terrorizm aktlariga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga (Nyu-York, 2005 yil 13 aprel) qo‘shilishi haqida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar.

Millioner fermerlar ko‘paymoqda

24.01.08 17:09

Paxtakor tumanida xususiy korxonalar barpo etayotgan fermerlar soni ko‘payib bormoqda. Dehqonchilikdan yaxshi daromad olayotgan yer egalari o‘z sarmoyasini qayta ishlash sohasiga yo‘naltirmoqda.

Boshqaruvning takomillashuvi – xalq manfaatlari uchun

24.01.08 17:04

Ma’lumki, har bir mustaqil davlat o‘zining mustaqil iqtisodiy tizimiga, sanoat va ishlab chiqarish, shuningdek tabiiy resurslariga ega. Davlatning bu boradagi o‘z maqsadlarini qanchalik darajada amalga oshirishi, vazifalarini bajarishi ushbu resurslardan odilona foydalana olishiga bog‘liq.

Navoiy viloyatida yosh oilalar uyli bo‘lmoqda

24.01.08 16:08

Prezidentimizning 2007 yil 18 mayda qabul qilingan “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi farmoni mustaqil hayotga qadam qo‘ygan yoshlar muammolarini hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Hosildorlikni oshirish yo‘lida

24.01.08 16:04

Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yil 29 oktabrda qabul qilingan “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ushbu yo‘nalishdagi ishlarni jonlantirishda muhim omil bo‘lmoqda.

O‘quv-seminar davom etmoqda

24.01.08 11:28

Urganch shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi hamda Xorazm viloyat hokimining o‘rinbosarlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchilari, tuman va shahar hokimlarining o‘quv-seminari davom etmoqda.

Bozor – farovonlik ko‘zgusi

24.01.08 10:26

El ma’murchiligi, xalqimiz dasturxonining to‘kin-sochinligini ta’minlashda bozorlar muhim o‘rin tutadi. Buni Sirdaryo viloyatidagi “Guliston dehqon bozori” misolida ham ko‘rish mumkin.

Yosh fermerlar tanlovi

24.01.08 9:23

O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi, O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati va “Ekosan” xalqaro tashkiloti tomonidan yosh fermerlar respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.

Samimiy qutlovlar

23.01.08 21:50

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga.

Angren kasanachilari

23.01.08 18:39

Mamlakatimizda band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarishga jalb etish va kasanachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Samimiy tabrik

23.01.08 17:58

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga.

Yosh tennischilarimiz keyingi bosqichda

23.01.08 16:49

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalari taqvimidan joy olgan o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro tennis turniri qizg‘in davom etmoqda. Unda dunyoning o‘ndan ziyod mamlakatidan kelgan iqtidorli tennischilar g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Ishlab chiqarish sur’ati oshmoqda

23.01.08 14:42

Navoiy “Elektrokimyozavodi” mamlakatimizdagi yirik sanoat korxonalaridan hisoblanadi. So‘nggi uch yilda korxonada ishlab chiqarish sur’ati keskin oshdi. Bu yerda tayyorlanayotgan mineral o‘g‘itlar turi oltmishtaga yetdi. Korxona mahsulotlari nafaqat mamlakatimizda, balki tashqi bozorda ham o‘z xaridoriga ega.

Musiqiy ta’lim rivoji yo‘lida

23.01.08 14:40

Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yil 7 yanvarda qabul qilingan “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi xorazmlik san’atsevar yoshlar, ustoz va murabbiylar tomonidan ham katta mamnuniyat bilan kutib olindi.








Все о погоде - Pogoda.uz