Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xalqaro turnir qizg‘in pallaga kirdi

27.09.07 18:15

Farg‘onada o‘smirlar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalar taqvimiga kiritilgan “Ferghana Cup-2007” xalqaro tennis turnirida o‘ndan ziyod mamlakatdan kelgan yosh raketka ustalari g‘oliblik uchun kurashmoqda.

Elektron boshqaruv yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

27.09.07 17:53

Mamlakatimizda davom etayotgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi dasturi doirasida O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi huzuridagi Elektron boshqaruv bo‘yicha vakolatli markazning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Markaz elektron boshqaruv sohasida yangi apparat va dasturiy vositalarning muntazam faoliyat ko‘rsatadigan o‘ziga xos ko‘rgazma maydoniga aylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida

27.09.07 17:08

26-27 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi Q.Toshmatov “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi hamda “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini taqdim etdi.

Ipoteka krediti – yosh oilalarga ko‘mak

27.09.07 13:46

Mamlakatimizda yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 18 mayda qabul qilingan “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni yangi oilalarga mikrokredit, ipoteka va iste’mol kreditlarining imtiyozli asoslarda berilishida muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Kartoshkachilikni rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda

27.09.07 12:53

Istiqlolning ilk yillarida har gektar yerdan 8,5 tonna hosil olingan bo‘lsa, hozir bu raqam 18-19 tonnagacha yetmoqda. O‘tgan yili yalpi hosildorlik 1 million tonnadan oshdi. Mamlakatimizda Kartoshkachilikni rivojlantirish dasturiga binoan 2010 yilgacha yillik yalpi hosilni 1,5 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Internet va aloqa bo‘yicha uchinchi Markaziy Osiyo konferensiyasi

27.09.07 11:56

Mamlakatimizda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda. Haftalik doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va ularni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha qator qiziqarli tadbirlar ham bo‘lib o‘tmoqda.

Navoiyda o‘qituvchi-pedagoglar uchun bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi

27.09.07 11:49

Navoiy viloyatidagi 375 umumta’lim maktablarida minglab o‘qituvchi va murabbiylar fidoyilik bilan mehnat qilmoqda. Viloyatdagi ilg‘or o‘qituvchi-pedagoglar ishtirokida o‘tgan bayram tantanasida Yurtboshimiz rahnamoligida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar hamda o‘qituvchi mavqeini oshirish, bu sharafli kasb egalarini rag‘batlantirishni kuchaytirish yo‘lida qilinayotgan salmoqli ishlar xususida so‘z bordi.

Kutubxonaning jamiyat hayotidagi o‘rni

27.09.07 9:06

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan birgalikda “Jamiyat hayotida, yoshlarni tarbiyalash va ularga ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni singdirishda kutubxonalarning roli” mavzuida davra suhbati o‘tkazdi.

“Kelajak ovozi” tanlovining Toshkent shahar saralash bosqichi

26.09.07 20:17

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan tashkil etilgan “Kelajak ovozi-2007” iqtidorli yoshlar respublika tanlovining Toshkent shahar saralash bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qonunchilik va ijtimoiy himoya

26.09.07 19:42

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan “Inson manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish – ustuvor vazifa” mavzuida seminar o‘tkazildi, unda ijtimoiy muhofaza qilish tizimining mavjud huquqiy bazasini yanada takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama etildi.

O‘qituvchilik kasbining qadri yuksalmoqda

26.09.07 18:31

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda ta’lim sohasini tubdan isloh etish barobarida, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Har yili O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayram sifatida nishonlanishi, faol pedagoglar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlanishi buning dalilidir.

Surxondaryo viloyatida kasanachilik rivojlanmoqda

26.09.07 18:07

Shu yilning o‘tgan davrida uy mehnatiga asoslangan 3320 yangi ish o‘rni tashkil etildi. Kasanachilar 240 million so‘mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqardi hamda xizmat ko‘rsatdi. Bu qulay usul joriy qilingan korxonalarda belgilangan imtiyozlardan foydalanish evaziga tejab qolingan qariyb 47 million so‘m mablag‘ ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirildi.

Namanganda qurilish korxonalari uchun ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

26.09.07 17:26

Namanganda davlat, aksiyadorlik va xususiy qurilish tashkilotlari, yog‘ochni qayta ishlovchi korxonalar hamda loyihalashtirish muassasalari vakillari ishtirokida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda ishtirokchilar e’tiboriga mebel, eshik va romlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar havola etildi.

Media-forum: qizg‘in fikr almashuvlar

26.09.07 17:03

Xalqaro biznes-markazida InfoCom-2007 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida bosma ommaviy axborot vositalari faoliyatida zamonaviy AKTning roli va mamlakatimizda Internet-resurslarni rivojlantirish istiqboliga bag‘ishlangan media-forum boshlandi.

Xivada “Qadimiy Xorazm madaniyati” festivali bo‘lib o‘tmoqda

26.09.07 16:54

Ko‘hna va hamisha navqiron Xiva shahrida “Qadimiy Xorazm madaniyati” festivali bo‘lib o‘tmoqda. Qadim diyorga sayyohlarni yanada kengroq jalb etish hamda ularga yuqori darajali servis xizmati ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda jahonning yigirmadan ziyod mamlakatidan vakillar ishtirok etmoqda.

Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazining yangi binosi

26.09.07 16:52

Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi faoliyati asosan tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishiga ixtisoslashgan bo‘lib, ijodiy studiyalarda besh yuz nafardan ortiq o‘g‘il-qiz tahsil olmoqda. Ularning aksariyati Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, tibbiy ko‘makka muhtoj bolalardir.








Все о погоде - Pogoda.uz