Viloyat hokimi E.Turdimov viloyatdagi davlat organlari rahbarlari 11 noyabrdan 21 noyabrga qadar ishga piyoda yoki jamoat transportida kelib ketishini taklif qildi.

Bu davlatimiz rahbarining shu yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan dastlabki harakat bo‘lishi aytildi.

– Men o‘zim shu tartibda ishga kelib-ketaman, xizmat mashinam hokimiyatda turadi, – dedi E.Turdimov. – Kun davomida biror bir tumanga chiqadigan bo‘lsam, mashinadan foydalanaman. Kechqurun yana mashinani hokimiyat garajida qoldirib, uyga piyoda yoki jamoat transportida ketaman. Bu avvalo salomatligimiz uchun, qolaversa, aholiga shaxsiy ibratimiz bo‘ladi. Yana bir tomoni – piyoda yoki jamoat transportida yursak, ko‘proq odamlar orasida bo‘lamiz, joylardagi real holatdan xabardor bo‘lamiz. Bu tashabbus jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirdi viloyat hokimi.

G‘.HASANOV, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda rahbarlar 10 kun ishga piyoda kelib-ketadi