O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4541-sonli qaroriga asosan, O‘zA faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlar boshlangan edi. Bugungi kunga kelib, agentlikning sayti qayta ishlab chiqildi, yangi logotip tasdiqlandi, fotobank ishga tushirildi, mobil ilovalar tayyorlanmoqda.

Yangilangan veb-sayt

O‘zA veb-saytining yangilangan talqinini ishlab chiqishda foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratishga asosiy urg‘u qaratildi. Jumladan, sayt dizayni matnlarni oson o‘qish uchun moslashtirildi. Foto, video va audio xabarlarni tarqatishda yangi imkoniyatlar yaratildi. Texnologik jihatdan saytning tezkor ishlashiga ham harakat qilindi.

O‘zA yangi saytining ko‘rinishi

Hozirda sayt test rejimida ishlamoqda, shu sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ayrim texnik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Yangi logotip

Logotip - bu har qanday kompaniyaning yuzi. O‘zA ham bir necha yil avval ishlab chiqilgan va bugungi zamonaviy media olami uchun ma’nan eskirgan logotipini yangilashni ma’qul deb topdi.

Yangi logotipda minimalizm uslubidan foydalanilgan, rasmiylik va soddalikning o‘zaro uyg‘unligi ta’minlangan. Ranglarni tanlashda axborot uzatishning turli shakllari (matn, video, foto, audio) hamda manbalari (sayt, mobil ilova, ijtimoiy tarmoqlar) inobatga olingan.

Fotobank

O‘zA bisotida uzoq yillik arxivga ega bo‘lgan fotosuratlarning katta ombori bor. Shuningdek, bugungi kunda ham O‘zAning butun respublika bo‘ylab faoliyat olib borayotgan fotosuratchilari har kuni turli tadbirlar, voqea-hodisalarni o‘z ob’ektivlariga muhrlab boradi. Ammo shu paytgacha mazkur fotosuratlarni bir joyga to‘playdigan, foydalanuvchilar uchun ham tomosha qilish, ham yuklab olish imkoni mavjud bo‘lgan elektron tizim yo‘q edi.

Xorij tajribasini qaraydigan bo‘lsak ham, aksariyat axborot agentliklari o‘zining fotobankiga ega va u yerda mualliflik huquqini saqlagan holda fotosuratlardan foydalanish hamda elektron sotuvga qo‘yish amaliyoti mavjud. Shunga ko‘ra, O‘zAning yangi saytida ham maxsus fotobank sahifasi ishga tushdi.

O‘zA fotobankining ko‘rinishi

Hozircha tizimga asosan yaqin kunlarda tayyorlangan fotoreportajlar yuklab borilmoqda. Kelgusida O‘zA arxividagi barcha suratlarni joylashtirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, fotobank orqali suratlarni onlayn sotish yo‘lga qo‘yiladi. PayMe, Click kabi mahalliy elektron to‘lov tizimlari hamda Visa, MasterCard kabi xalqaro kartalaridan foydalangan holda fotosuratlarning katta hajmdagi original faylini yuklab olish imkoni yaratiladi. Sotuvdan tushgan mablag‘lar fotosuratchilarga qo‘shimcha gonorar ajratish, shuningdek ularning fototexnikalarini yangilash uchun sarflanadi.

Hozirda tizim yangi ishga tushgani munosabati bilan 1 oy davomida barcha suratlarni bepul yuklab olish mumkin.

O‘zA fotobankiga yuklangan suratlarni ko‘rish

Hududiy yangiliklar

O‘zAning yangi saytida hududiy xabarlarni yoritishga alohida urg‘u qaratilgan. Shu sababli respublikamizdagi barcha 14 ta ma’muriy-hududiy birlik uchun alohida sahifa yaratildi. Mushtariylar ushbu sahifalar orqali o‘z hududlarida sodir bo‘layotgan eng so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lib borishlari mumkin.

O‘zA saytidagi hududlar sahifasining ko‘rinishi

Mobil ilovalar

Hech kimga sir emas, bugun foydalanuvchilarning asosiy qismi mobil qurilmalar orqali internet tarmog‘iga ulanishadi. Shu sababli har qanday zamonaviy saytning veb-versiyasidan tashqari albatta mobil versiyasi hamda ilovalari bo‘lishi shart. Hozirda O‘zA saytining mobil qurilmalarga mo‘ljallangan talqini ishlab turibdi. Tez kunlarda Android hamda iOS operatsion tizimlari uchun maxsus mobil ilovalarni ham ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shakl emas, mazmun

Shu o‘rinda, yuqoridagi xushxabarlarni yetkazish bilan bir qatorda, bugungi kun mushtariylari uchun shakl emas, mazmun muhim ekanligini yaxshi anglashimizni ham alohida ta’kidlamoqchimiz. Qanchalik chiroyli sayt yoki yoqimli logotip bo‘lmasin, agar berilayotgan maqolalar, e’lon qilinayotgan xabar va materiallar insonlar uchun foydali va qiziqarli bo‘lmasa, bari bekor.

Shu sababli O‘zA jamoasidagi barcha xodimlar sizlarga eng sara, sifatli, tezkor va xolis axborotlar yetkazish yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safarbar qiladi. Umid qilamizki, yangilanayotgan O‘zAda ham shakl, ham mazmun mushtariylarga manzur keladi.

Hurmat bilan,
Sizning O‘zA.

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zAda o‘zgarishlar: sayt va logotip yangilandi, fotobank ishga tushdi