O‘zA O`zbek

21.05.2020 Chop etish versiyasi

“Zamonaviy qishloq” loyihasi muhokama qilindi

“Zamonaviy qishloq” loyihasi muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga safari chogʻida “Zamonaviy qishloq” loyihasi taqdimoti bilan tanishdi.

Shu borada Paxtaobod tumani Boʻstonobod qishlogʻi hamda Qoʻrgʻontepa tumani “Yangi hayot” mahallasi uchun dastlabki reja ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, qishloq hududlarga zarur muhandislik kommunikatsiyalari tortilib, koʻp qavatli uylar quriladi. Ular, avvalo, bir uyda koʻpchilik yashayotgan, muhtoj oilalarga beriladi.

Davlatimiz rahbari bu borada Andijon tajribasini yaratish kerakligini taʼkidladi. Buning uchun alohida loyiha ishlab chiqish, “Zamonaviy qishloq”dagi uylarni boshqa turar joylarga nisbatan arzon qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shu yerda viloyatda kambagʻallikni qisqartirish, ipoteka kreditlari asosida yakka tartibdagi uylarni qurish-taʼmirlash loyihalari muhokama qilindi.


3 462
O'zA