Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayev O‘zA muxbiriga intervyu berdi.

Qozog‘iston O‘zbekistonning yaqin qo‘shnisi va ishonchli hamkoridir. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ishonch va manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik izchil rivojlanmoqda.

– Janob elchi, suhbatimiz bahor va yangilanish bayrami – Navro‘z arafasida o‘tmoqda. Ushbu ayyomning O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlari hayotidagi ahamiyati haqida so‘zlab bersangiz.

– Navro‘z – Sharq xalqlarining eng e’zozli, eng go‘zal bayramidir. Xalqlarimiz uchun umumiy bo‘lgan bu ayyom Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Tojikistonda rasman bayram kuni, deb e’lon qilingan.

Navro‘z qariyb besh ming yillik tarixga ega qadimiy bayramdir. Odatda, bu kunda nizolar to‘xtatilgan. Oqsoqollarimiz undan bir-biriga adovati, gina-kudurati bo‘lgan tomonlarni yarashtirishda foydalangan. Navro‘zda arg‘imchoq – altibakan uchish kabi xalq o‘yinlari, polvonlar, oqinlar bellashuvi, aytishuvlar, ot poygalari, bolalar o‘yinlari  va boshqa tadbirlar o‘tkazilgan. Sharqona yangi yil hisoblangan ushbu bayramni bugungi kunda ham Qozog‘iston va qardosh O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elat vakillari birgalikda keng nishonlaydi.

Ma’lumki, BMT Bosh assambleyasining 2010-yil 19-fevral kuni o‘tkazilgan 64-sessiyasida 21-martni Xalqaro Navro‘z kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida rezolutsiya qabul qilingan.

22-martga o‘tar kechasi Qozog‘iston xalqi Navro‘z kelishini kutadi va u "shukronalik kechasi" deb ataladi. An’anaga ko‘ra, shu kuni oqsoqollar elimiz, yurtimiz tinchligini, nurafshon kunlar ko‘p bo‘lishini, to‘kin-sochinlik, farovonlik bardavomligini, barcha yovuzliklar barham topishi, ajdodlarimiz ruhi hamisha madadkor bo‘lib, har bir uyda tinchlik-totuvlik hukm surishini tilab, duo qiladi.

Xalqlarimiz Navro‘zda amalga oshirilgan ezgu ishlar, bayram shukuhi yil bo‘yi davom etishiga ishonadi. Shu bois bayram kunlari odamlar bir-birining qarzidan kechadi, gina-kuduratlar unutiladi, ahil-inoq yashashga chaqiriladi. Rivoyatlarga ko‘ra, bayram kuni uyga kim birinchi bo‘lib kelishi muhimdir. Negaki, yangi yilda keladigan bu mehmon samimiy, xushchaqchaq, hurmat-e’tiborli va eng muhimi, qadami qutlug‘ bo‘lishi lozim.

Qozog‘istonda Navro‘z bayrami tantanalari 22-martda boshlanadi. Shu kuni xonadonlarda albatta oq rangli, ya’ni sutli taomlar pishiriladi. Umuman, oq rang niyatlar pokligi ramzidir.

Etti sanog‘i ham Navro‘zning muqaddas belgisidir. Bayram kunlari yetti xonadonga kiriladi, tinchlik-omonlik va avlodlar bardavomligini tilab, duo qilinadi. Bayram dasturxoniga yetti xil taom tortiladi.

Qozoqlarda shu kuni Navro‘z go‘jasi eng asosiy taom hisoblanadi. Bu taom yetti masalliq – suv, quritilgan go‘sht, tuz, yog‘, yorma, ko‘kat va qatiqdan tayyorlanadi. Ushbu taomni yegan kishiga yil davomida omad kulib boqadi, sog‘lom, oilasi totuv bo‘ladi. O‘zbekistonda shu kunlari doshqozonlarda tonggacha sumalak qaynaydi. Odamlar o‘yin-kulgi qilib, Yangi yil kirib kelishini kutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni “2017-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Ushbu hujjatga muvofiq ko‘makka muhtoj insonlarga yordam berish va ularni qo‘llab-quvvatlash, yoshi ulug‘ insonlarni e’zozlash va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, hududlarni  obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish, millati, tili va dinidan qat’i nazar, O‘zbekiston xalqining eng ardoqli bayrami – Navro‘z ruhi va falsafasida o‘z aksini topgan mehr-muruvvat, ahillik va totuvlikni  yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Shubhasiz, O‘zbekiston zaminida Navro‘zning keng nishonlanishi Markaziy Osiyo xalqlari do‘stligining mustahkamligi va barqarorligidan dalolatdir. Bundan buyon ham xalqlarimiz farovonligi yo‘lida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishimiz zarur.

– O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari haqida fikringizni bildirsangiz.

– Tabiiy resurslarga boy Markaziy Osiyo mintaqasi jahonda hamisha katta qiziqish uyg‘otib kelgan. Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev har doim "Biz qozoqlar va o‘zbeklar – bitta xalqmiz" deb ta’kidlaydi. Bu yerda gap ikki xalqning azaldan qondosh va qardoshligi, urf-odat va an’analari mushtarakligi, bir oila bo‘lib yonma-yon yashab kelgani haqida bormoqda. Biz ajdodlarimiz an’analarini davom ettirib kelmoqdamiz. Bizni birlashtirib turgan bu an’analar bugungi kunda yanada boyimoqda. 

Qozog‘istondan O‘zbekistonga asosan bug‘doy, javdar, un, temir yoki ishlov berilmagan po‘lat tarkibiy qismlari, ruda va ruh konsentratlari, alyuminiy eksport qilinadi.

O‘zbekistondan Qozog‘istonga tabiiy gaz, avtomobillar, meva-sabzavot va boshqa ko‘plab mahsulotlar yetkazib berilmoqda.

Prezidentlar Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil sentabr oyidagi uchrashuvida yillik tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazishga kelishib olindi.

– Mamlakatlarimiz hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz.

– Qozog‘iston va O‘zbekiston davlatlarimiz o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilgandan buyon ikki tomonlama serqirra hamkorlikning barcha masalalari yuzasidan hamfikr bo‘lib kelmoqda. Bu borada mamlakatlarimizning tovar ayirboshlash hajmini oshirish va ularning turini ko‘paytirish, manfaatdor kompaniyalar va ishbilarmon doiralar o‘rtasida uzoq muddatli hamda manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish, ikki davlat hududida Qozog‘iston va O‘zbekiston korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish mo‘ljallanayotgani buning yorqin misolidir.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarda hamisha ustuvor masala bo‘lgan. 2016-yil yakunlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollarni tashkil etdi.

O‘zbekistonda qozog‘istonlik sheriklar ishtirokida tashkil etilgan 230 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu yil 22-23-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya majlisida avvalo, savdo, investitsiyaviy-texnologik va transport-kommunikatsiya sohalarida aniq loyihalar ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. Ayniqsa, ikki davlat hududlari o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatish va uni yanada mustahkamlash zarurligi alohida qayd etildi. Bu savdo va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Ikki davlat erkin iqtisodiy zonalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishga doir investitsiya loyihalarini amalga oshirish, transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, mamlakatlarimiz hududlari orqali yuk va yo‘lovchi tashish, tranzit hajmini oshirish muhim masalalar sirasiga kiradi. Shuningdek, hududlararo hamkorlikni amalga oshirishda qo‘shma korxonalar, chegaradosh hududlarda savdo markazlari, sanoat va qishloq xo‘jaligi klasterlari tashkil etish kabi samarali shakllardan foydalaniladi.

Turizm, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ham hamkorligimiz kengaymoqda.

Qozog‘iston bilan O‘zbekiston bugun nafaqat strategik munosabatlar, balki keng ko‘lamli hamkorlik, bir-birini chuqur hurmat qilish va birgalikda harakat qilishga tayyorlikka asoslangan sheriklik munosabatlarini namoyish qilmoqda. Barcha mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha fikr va yondashuvlar mushtarakligi, ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish bo‘yicha qat’iylik Qozog‘iston – O‘zbekiston hamkorligining o‘ziga xos xususiyatlari hisoblanadi.

– Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tilaklaringiz.

– Qardosh O‘zbekiston xalqini Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabriklayman. Ushbu bahor kunlarida tabiat, yer va barcha tirik mavjudot uyg‘onadi. Sharq xalqlarining eng go‘zal bayrami bo‘lgan Navro‘z tinchlik, birdamlik, ezgulik va baxt-saodat ayyomidir. Buyuk O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilayman. 2017-yil O‘zbekiston  va uning xalqi uchun taraqqiyot va yuksalish yili bo‘lsin!

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerik Utembayev: Sharq xalqlarining eng go‘zal bayrami