O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ko‘rib chiqildi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Bosh qomusimizda e’tirof etilganidek, mamlakatimizda xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir. Ushbu kafolat shu sohaga oid ko‘plab qonunlarda ustuvorlik kasb etgan va u yanada kuchaytirilmoqda. Ma’qullangan yangi qonun mohiyatida ana shu maqsad mujassam.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi, O‘zbekiston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi tashkil etilganligi tufayli yangi qonun bilan qator qonunchilik hujjatlariga, jumladan, 9 kodeks, o‘nga yaqin qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning xususiy mulk huquqi kafolatlarini mustahkamlashga e’tibor qaratilgan. Unda, jumladan, xususiy mulkni himoya qilish va xususiy mulk obyektlaridan samarali foydalanishni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, xususan, jinoyat quroli yoki ma’muriy huquqbuzarlik predmeti sifatida mulkdan foydalanishda mulkdorning aybi bo‘lmagan hollarda mulkni olib qo‘yish (vaqtinchalik olib qo‘yishdan tashqari) va musodara qilishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish belgilangan edi.

Harakatlar strategiyasida qo‘yilgan vazifa ijrosini ta’minlashga qaratilgan yangi qonunda yuqoridagi qoidalar Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 27-moddasiga kiritilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xususiy mulk kafolatlari kuchaytirildi