O‘zA O`zbek

27.09.2018 Chop etish versiyasi

Xususiy bandlik agentliklari xorijda ishga joylashtirish bilan shugʻullanadi (Onlayn)

Xususiy bandlik agentliklari xorijda ishga joylashtirish bilan shugʻullanadi (Onlayn)

Xususiy bandlik agentliklari nafaqat yurtimizda, balki xorijda ishga joylashtirish bilan shugʻullanadi.

Oliy Majlisi Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisida senatorlar “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini koʻrib chiqdilar. 

Qonun mamlakatimiz fuqarolarini nafaqat yurtimiz korxonalarida, balki xorijda ishga joylashtirish imkoniyatini oshiradi va kengaytiradi. Davlat xizmatlari va xususiy sektor tomonidan bandlikka koʻmaklashish mexanizmlarini aniq tartibga soladi. Ishga joylashtirish xizmatlarini koʻrsatish tartibi va shartlarini, shu jumladan, xususiy banlik agentliklarining, korxonalarning va ish qidirayotgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

Qonunda “xususiy bandlik agentliklari” tushunchasi ochib berilmoqda, shunday agentliklari xodimlari soniga va ularning rahbarlariga talablar qoʻyilmoqda. 

Senatorlar qayd etganlaridek, qonunning qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirishga xizmat qiladi. 

Majlisda mazkur hujjat ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha xususiy bandlik agentliklari tomonidan taqdim etiladigan xizmat turlarining mazmun-mohiyati ochib berildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi xususiy bandlik agentliklarida litsenziya boʻlishi zarurligi nazarda tutilmoqda. 

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi. 

2 635
A.Musayev, OʻzA