O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 10-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Xalq siyosiy maslahat kengashi milliy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, millatlar ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Van Chjenvey rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri D.Toshmuhamedova muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch, hurmat, tenglik va manfaatdorlik, strategik sheriklik tamoyillari asosida izchil rivojlanayotganini, bunda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014-yil avgust oyida Xitoyga, XXR Raisi Si Szinpinning 2013-yil sentabr oyida O‘zbekistonga davlat tashriflari o‘zaro strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘lmoqda.

O‘zbekiston – Xitoy munosabatlari Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma, Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi qo‘shma deklaratsiya hamda boshqa ko‘plab ikki tomonlama muhim hujjatlar asosida izchil rivojlanib borayotir. Mamlakatlarimiz parlamentlari ham o‘zaro faol hamkorlik qilib kelmoqda, turli darajadagi delegatsiyalarning tashriflari muntazam amalga oshirilmoqda, samarali uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoyning qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlikning turli yo‘nalishlariga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asosini yanada mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

– O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal taraqqiy etmoqda, – dedi Van Chjenvey. – Mamlakatingizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab sohalarda izchil rivojlanayotgani bizni g‘oyat quvontiradi. Do‘stlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan aloqalarimizni yanada mustahkamlash, istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish tarafdorimiz.

Xitoy delegatsiyasi a’zolari shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Baynalmilal madaniyat markazida ham muzokara o‘tkazdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy delegatsiyasi uchrashuvlari