Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.09.2017 13:22 Chop etish versiyasi

Xalqlarimiz birdamligining ifodasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxtimizdagi Shayx Xovandi Tohur va To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) maqbaralarini ziyorat qilgandan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillariga qisqacha intervyu berdi.
 
Hurmatli Nursulton Abishevich tashriflarini muqaddas qadamjolar ziyoratidan boshlaganida katta ma’no bor, dedi Shavkat Mirziyoyev. Chunki To‘labiy bobomiz doimo xalqlarimiz birdamligi va hamjihatligi yo‘lida xizmat qilgan. Shayx Xovandi Tohur bobomiz ham butun umr elni tinchlik va osoyishtalikka chorlagan. Bugun xalqlarimiz birdamligi yo‘lida qilinayotgan ishlar ham ana shu qadimiy do‘stligimizni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Xalqlarimiz buyuk ajdodlarini doimo hurmat qilib kelgan, dedi Nursulton Nazarboyev. O‘zbekiston zaminida qozoq xalqining ardoqli farzandi To‘labiy dafn etilgan. To‘labiy o‘z davrining taniqli shaxslaridan biri bo‘lib, qozi sifatida tanilgan. Bobomiz "Jeti Jargi" qonunlar to‘plamini tuzishda mualliflardan biri bo‘lgan. Doimo elni birlikka boshlagan. Shavkat Miromonovichga qozoq xalqining buyuk farzandi To‘labiy maqbarasini obodonlashtirishga qaratayotgan katta e’tibori uchun minnatdorlik bildiraman. Xalqlarimizni buyuk ajdodlarimiz ruhi doimo qo‘llasin.

Ziyodulla Jonibekov, O‘zA
2 044






Все о погоде - Pogoda.uz