O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 28-mart kuni Navoiy viloyatida bo‘ldi.

Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida Navoiy viloyatida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Navoiy viloyati haqida gap ketganda, avvalo, uning mehnatkash xalqi, yer osti va yer usti boyliklari, ulkan iqtisodiy salohiyati ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Mamlakatimizning yirik sanoat hududi hisoblangan ushbu viloyatda konchilik, metallurgiya, kimyo, energetika, qurilish materiallari, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati izchil rivojlanmoqda.

Hozirgi kunda viloyatda 17 yirik sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement”, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatlari va “Elektrkimyozavodi” qo‘shma korxonasi shular jumlasidandir. “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasidagi 18 korxona tomonidan 100 dan ortiq turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

2016-yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan izchil ishlar samarasida yalpi hududiy mahsulot hajmi 10 trillion 5 milliard so‘mni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2015-yilga nisbatan 5,9 foiz, xalq iste’moli mollari 12, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 7,1, qurilish ishlari 9,3, umumiy xizmatlar 15,5 foiz oshdi.

Viloyatda o‘tgan yili 866 yangi kichik biznes subyekti tashkil etildi. Kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 611,9 milliard so‘m kredit ajratildi. 2,8 trillion so‘m kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 229 milliard so‘mlikdan ortiq loyihalar amalga oshirilib, 9 ming 500 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.

Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida Navoiy viloyatini rivojlantirish bo‘yicha ulkan rejalarni bayon etgan edi. Prezidentimiz Navoiy viloyatiga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi bilan yaqindan tanishdi. Mazkur loyihalarning amaliyotga samarali joriy etilishida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturida belgilangan vazifalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz dastlab Qiziltepa tumanidagi Toshrabot mahallasiga tashrif buyurib, viloyatda yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarni ko‘zdan kechirdi.

Navoiy viloyatida paxta tolasini chuqur qayta ishlash va jahon bozori talablariga mos eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy bank krediti hisobidan Navoiy shahrida “Baxt tekstil”, “Baxt Navoiy”, Qiziltepa tumanida “Toshrabot tekstil” va Navbahor tumanida “Navbahor tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan zamonaviy va energotejamkor texnologik uskunalar asosida sifatli ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Umumiy qiymati qariyb 70 million dollarni tashkil etuvchi ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlar ham jalb etilmoqda. Korxonalarga Shveytsariyaning “Riter” va Belgiyaning “Pikanol” kompaniyalarida ishlab chiqarilgan zamonaviy dastgohlar o‘rnatiladi.

Loyiha amaliyotga tatbiq etilgach, viloyatdagi paxta tolasi to‘liq qayta ishlanadi, ip-kalavadan tayyor mato ishlab chiqarish 70 foizga, turli matolardan trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarish 50 foizga yetadi. Yiliga 7,6 ming tonna sifatli ip kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega “Baxt tekstil” korxonasi mahsulotlarining 80 foizini eksportga yo‘naltirish mo‘ljallanmoqda.

Prezidentimiz mazkur loyihalar bilan tanishar ekan, hududlarda yetishtirilayotgan paxta tolasini o‘sha yerning o‘zida qayta ishlash fermerlar va tadbirkorlarga keng qulayliklar yaratib, xarajatlarning qisqarishi, aholining daromadi oshishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Paxta tolasidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini bosqichma-bosqich oshirib borish, tarmoqdagi mutaxassislar salohiyatini kuchaytirish, shu bilan birga, kollej bitiruvchilarini ishga jalb etish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Prezidentimiz teri xomashyosini tayyorlash va qayta ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan ham tanishdi.

Ayni paytda viloyatda 450 ming bosh qoramol hamda bir million 950 ming qo‘y-echki parvarishlanmoqda. Ulardan yiliga o‘rtacha 930 ming dona teri olinadi. 2017-2019-yillarda Karmana, Qiziltepa tumani hamda Navoiy shahrida tayyor charm va poyabzal ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu davr mobaynida xomashyo ta’minotining barqarorligini ta’minlash uchun chorva mollari qariyb 2 million 600 ming boshga yetkaziladi.

Davlatimiz rahbari Karmana tumanidagi “Kamilla grup” mas’uliyati cheklangan jamiyatida Italiya texnologiyasi asosida tayyor charm ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini ko‘zdan kechirdi. Ushbu loyiha ishga tushgach, yiliga 20 million kvadrat detsimetr tayyor charm ishlab chiqarish va 3,2 million dollarlik mahsulotni eksport qilish imkoni paydo bo‘ladi. Korxonada 40 ish o‘rni yaratiladi.

Prezidentimiz ushbu loyihalarning samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratdi. Viloyatda sanoat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va uni qayta ishlashni kengaytirish pirovard natijada xalqimizning turmush darajasini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev Qiziltepa tumanidagi “Vang‘ozi agro” fermer xo‘jaligi shiyponida bo‘lib, viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.

Qiziltepa tumanida ming bosh qoramol va ming bosh echki boqishga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi hamda sutni qayta ishlash zavodi tashkil etiladi. Loyiha qiymati 18 milliard so‘m bo‘lgan ushbu majmua uchun 510 gektar yer maydoni ajratish, bu yerda yiliga 3 ming 650 tonna sut va 150 tonna go‘sht tayyorlash ko‘zda tutilmoqda. Kompleks 2018-yilda to‘liq ishga tushiriladi.

Joriy yilda Xalq banki tomonidan Navbahor, Qiziltepa, Nurota tumanlarida qoramol va nasldor echki parvarishlashga mo‘ljallangan yana 5 loyiha amalga oshiriladi. Natijada viloyatda sut tayyorlash yiliga 7 ming 700 tonna, go‘sht yetishtirish 480 tonnaga ortadi. Qo‘shimcha 173 ish o‘rni tashkil etiladi.

Tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha aholi bilan suhbatlar o‘tkazish kerak, dedi davlatimiz rahbari. Xonadonlarda 100 tadan parranda boqishni yo‘lga qo‘yish, issiqxonalarda limon, unabi ekib, daromad olishni odamlar ongiga singdirish lozim. Aholining o‘z tomorqasidan foydalanib, daromad topishga ishtiyoqi kuchaysa, ularning farovonligi ortadi. Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy bo‘ladi.

To‘dako‘l suv ombori havzasida Vetnam texnologiyasi asosida yiliga ming tonnadan ziyod baliq yetishtirish mo‘ljallanmoqda. Natijada viloyatda baliq yetishtirish ko‘rsatkichi yiliga 8,5 ming tonnaga yetkaziladi.

“Akva To‘dako‘l” qo‘shma korxonasi tomonidan baliq chavog‘i yetishtiruvchi inkubatsion sex, 250 tonnalik muzlatkichli omborxona, ming tonna baliqni qayta ishlash, 400 tonna baliq filesi hamda 350 tonna yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish sexlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. "Ipoteka-bank" krediti evaziga yangi havzalar qazish va ularda suv ta’minotini yaxshilash uchun xorijdan maxsus texnika va mexanizmlar, nasoslar keltiriladi.

Loyihaning umumiy qiymati 18,7 milliard so‘m bo‘lib, shundan 13,3 milliard so‘mi bank kreditlari, 5,4 milliard so‘mi korxona mablag‘idir. Ushbu loyiha xalqimiz dasturxoniga sifatli baliq mahsulotlari yetkazib berish, 90 ga yaqin ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida ham ma’lumot berildi. Ushbu havzalardan foydalanishni tartibga solish, noqonuniy baliq ovlashga chek qo‘yish, bu yerda inkubatsiya sexlari tashkil etish hisobiga yetishtirilayotgan baliq hajmini kelgusi uch yilda 20 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi huzurida “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Ko‘l havzasida baliq yetishtirish bo‘yicha mamlakatimizning barcha viloyatlariga 14 hudud ajratib berildi.

Prezidentimiz Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida prokuratura, ichki ishlar boshqarmasi xodimlaridan iborat maxsus otryadlar tashkil qilish va ko‘l hududini brokonerlardan tozalash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Yetishtirilgan mahsulotni eksport qilish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Xatirchi, Nurota va Qiziltepa tumanlarida 835 gektar maydonda yangi tokzorlar va ko‘chatxonalar tashkil etilmoqda.

Bugungi kunda viloyatda 6,5 ming gektar tokzor mavjud bo‘lib, ularning 65 foizida kishmish, 30 foizida xo‘raki, qolgan qismida sanoatbop uzum yetishtirilmoqda. Joriy yilda ushbu tumanlarda 416 gektar, 2018-yilda 419 gektar tokzorlar barpo etish ko‘zda tutilgan.

Viloyatda joriy yilda yangi intensiv bog‘ va issiqxonalar, muzlatkichli omborxonalar tashkil etish hisobiga meva-sabzavot yetishtirish va uni qayta ishlash, chorvachilik yo‘nalishida istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi. Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki kredit mablag‘lari hisobiga bu borada 101 loyihani hayotga tatbiq etish mo‘ljallanmoqda. Jami 1 ming 300 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi.

Davlatimiz rahbari hududda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va uni qayta ishlashni kengaytirish pirovardida xalqimizning turmush darajasini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Navoiy viloyati qorako‘l teri yetishtirish bo‘yicha mamlakatimizda yetakchi o‘rinni egallaydi. Viloyatda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulk shaklini o‘zgartirish va fermerlik harakatini rivojlantirish borasidagi ishlar mazkur sohada yangi imkoniyatlar yaratmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Qarorga muvofiq viloyatdagi 23 qorako‘lchilik shirkat xo‘jaligi fermer xo‘jaligiga, naslchilikka ixtisoslashgan iqtisodiy barqaror 8 shirkat xo‘jaligi mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga aylantiriladi. Natijada 23 shirkat balansida bo‘lgan chorva mollari, qo‘ra-qo‘tonlar, suv inshootlari va boshqa mol-mulklar kimoshdi savdolari orqali sotilib, 900 dan ortiq fermer xo‘jaligi tashkil etiladi. Ularga chorva mollarini boqish uchun 2,7 million gektar yaylovlar beriladi.

Mol-mulklarni sotishdan tushgan mablag‘lar kredit qarzlarni qoplashga yo‘naltiriladi. Qolgan mablag‘ xo‘jalik a’zolarining pay ulushlari bo‘yicha teng taqsimlanadi. Qorako‘lchilik shirkat xo‘jaliklarida mulk shakli va unga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgarib, sohada 2 ming 250 ish o‘rni yaratiladi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekistonning korako‘l terilari dovrug‘i butun dunyoda mashhur ekani, yangi mulk shakliga o‘tish tarmoqda samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Shirkat xo‘jaliklarida teri yetishtirishning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish, naslchilik-seleksiya ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, chorva mollari tuyoq sonini, qorako‘l teri va junni qayta ishlash hajmini ko‘paytirish, sohaning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

“Vang‘ozi agro” fermer xo‘jaligining shiyponida Malikobod mahallasi onaxonlari sumalak tayyorladi. Davlatimiz rahbari ular bilan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar odamlar hayotida qanday aks etayotgani, xotin-qizlar turmushini farovon qilish, farzandlar ta’lim-tarbiyasi to‘g‘risida samimiy suhbat qurdi.

Malikobod mahallasida yashovchi Jumagul Fayzullayeva barcha islohotlardan avvalo odamlar manfaat ko‘rayotgani, mamlakatimizdagi o‘zgarishlar xalqimizning ertangi kunga ishonchini mustahkamlayotganini faxr bilan ta’kidladi.

Odamlarning quvonchi, ertasiga ishonchi ko‘p jihatdan oilasidagi hayot tarzi, turmush darajasiga bog‘liq, dedi Prezidentimiz. Bizga shu ham bo‘laveradi, degan qarash bilan yashash vaqti allaqachon o‘tdi. Uyida daromad topgan, farzandlarini ham shu ruhda o‘stirgan oila farovonligiga zamin yaratadi. Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlardan asosiy maqsad odamlarga yelkadosh bo‘lish, farzandlarining baxti-kamolini ko‘rishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishdir.

Prezidentimiz Karmana tumanidagi Mustaqillik massivida barpo etilayotgan qulay, arzon va zamonaviy uy-joylar, profilaktika inspektorlari uchun yashash joyi, davlat idoralari rahbarlari uchun qurilgan xizmat uylari bilan tanishdi.

Qishloq joylarda qurilayotgan namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy massivlar yurtimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirib, aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Joriy yilda Navoiy viloyatida yangilangan namunaviy loyihalar asosida 1 ming 185 uy-joy qurilishi rejalashtirilgan.

Karmana tumani “Talqoq” mahalla fuqarolar yig‘inida yangilangan loyihalar asosida 32 xonadonga mo‘ljallangan ikki qavatli va 46 oila uchun 2 sotixli uylar barpo etildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida qurilayotgan uylar aholi turmush farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Prezidentimizning 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy hokimliklar va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Navoiy viloyatida 2017-2018-yillarda 105 xizmat uyi qurilishi belgilangan bo‘lib, joriy yilda 60 uy-joy uchun pudratchilar tanlanib, qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Karmana tumani rahbarlari uchun Mustaqillik massivida 9 xizmat uyidan 4 tasida qurilish tugallanib, kommunikatsiya tarmoqlariga ulandi. Qolgan 5 uy mamlakatimiz mustaqilligining 26-yilligi arafasida foydalanishga topshiriladi.

Prezidentimiz yangilangan namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar bilan davlat idoralari rahbarlari uchun xizmat uylari yonma-yon qurilayotgani xalq bilan muloqot va inson manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

2017-yilda profilaktika inspektorlari uchun 2 sotix bo‘lgan yer uchastkalarida 3 xonali 94 uy-joy qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularni qurish uchun 12,2 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Bugungi kunda namuna sifatida Karmana tumanining Mustaqillik massivida bitta uy qurib bitkazildi.

Shavkat Mirziyoyev Nurota tumanidagi Chashma ziyoratgohi yonidagi muzey binosi, “Hunarmandchilik markazi” majmuasi, 50 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona loyihalari bilan ham tanishdi.

Davlatimiz rahbari ushbu loyihalarni vaqtida sifatli amalga oshirish, Chashma ziyoratgohi maydonini kengaytirish va obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Energetika tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi hududlar infratuzilmasini tubdan yaxshilash, yangi iqtisodiyot tarmoqlarini tashkil etish, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Navoiy issiqlik elektr stansiyasi Qizilqum yer osti boyliklarini o‘zlashtirish, tog‘-kon sanoati va ishlab chiqarish majmuasini barpo etishda muhim o‘rin tutdi. Atigi 25 ming kilovatt quvvatli stansiya bilan ish boshlagan korxona bugun batamom yangi tizimga o‘tmoqda. Korxonada ikkinchi bosqichda 450 megavatt quvvatli zamonaviy bug‘-gaz qurilmasi loyihasi amalga oshirilayotir. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatlari kabi yirik korxonalar, iqtisodiyotimizda salmog‘i tobora oshib borayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining samarali faoliyati aynan shu stansiyada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga bevosita bog‘liq.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ana shu loyiha taqdimotida ishtirok etdi.

Ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati va hududdagi qishloq xo‘jaligi iste’molchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash imkonini beradi. Loyihani amalga oshirish natijasida 1 kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun shartli yoqilg‘ining sarfi kamayishi hisobidan yiliga o‘rtacha 330 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Viloyatda amalga oshirilayotgan yirik iqtisodiy loyihalar ko‘lamini kengaytirishda elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi, dedi davlatimiz rahbari.

Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation and MHPS” konsorsiumi va Navoiy issiqlik elektr stansiyasi o‘rtasida 2016-yil oktabr oyida mazkur loyihani amalga oshirishga doir shartnoma imzolangan edi. Hozirgi kunda “Mitsubishi Corporation and MHPS” konsorsiumi qurilish maydonida mobilizatsiya va yer ishlarini olib bormoqda.

Ilgari investorlarga o‘zimiz taklif bilan chiqqan bo‘lsak, bugun ular o‘zlari yurtimizga kelib, mamlakatimizdagi investitsion muhit barqarorligini ko‘rib hamkorlik qilish istagini bildirmoqda, dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari Navoiy IES ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi qurilishi boshlanishi munosabati bilan kapsula qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev Navoiy davlat konchilik institutiga tashrif buyurdi. Bu yerda Auminzo-Amantoy oltin konlari negizida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 5-gidrometallurgiya zavodi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizning barcha sanoat tarmoqlarida bo‘lgani kabi Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ham modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-2026-yillarda kombinatda 27 loyiha amalga oshirilishi belgilangan. 5-gidrometallurgiya zavodi ularning eng muhimlaridan biridir. Umumiy qiymati 396 million AQSh dollari bo‘lgan ushbu loyiha yiliga 5 million tonna rudani qayta ishlash, 5 ming 300 ga yaqin ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Prezidentimiz yangi gidrometallurgiya zavodi ulkan iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyat kasb etishini, bu kun mamlakatimiz solnomasiga zarhal harflar bilan yoziladigan tarixiy sanalardan bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari Auminzo-Amantoy oltin konlarida o‘zlashtirishni boshlash uchun ramziy tugmani bosdi. Tadbirni videokonferensiya orqali Tomdi tumanida, 5-gidrometallurgiya zavodi bunyod etiladigan hududda kuzatib turgan kombinat mutaxassislari konni portlatdi.

Shavkat Mirziyoyev yangi zavod bilan kombinat jamoasini, butun viloyat ahlini tabrikladi, ishchilar, muhandislar va barcha mutaxassislarga minnatdorlik bildirdi.

Mehnat faxriysi Bahodir Bo‘ronov, Navoiy davlat konchilik instituti talabasi Gulchiroy Jo‘raqulova va boshqalar shunday yirik sanoat korxonasining tashabbuskori bo‘lgani hamda uning qurilishini boshlab bergani uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari shu yerda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limini tashkil etish borasidagi loyihalar bilan tanishdi.

Prezidentimizning 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida faoliyat boshlaydigan akademiyaning mintaqaviy bo‘limi Navoiy hududini texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsiya ilmiy-tadqiqotlarini olib borishga ixtisoslashgan bo‘lib, uning tarkibida 5 ilmiy laboratoriya ish olib boradi.

Joriy yilning III choragida ish boshlaydigan ilmiy markaz fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishga, Navoiy davlat konchilik institutida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ulkan hissa qo‘shadi.

Sanoat rivoji uchun ilm, innovatsiya suv va havodek zarur, dedi Prezidentimiz. Bu yerda Fanlar akademiyasining bo‘limini tashkil etishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Bundan maqsad ilmga asoslanib mahsulotlarning tannarxini kamaytirish va raqobatbardoshligini oshirishdir. Shu bois tadqiqotlarni zamon talablari asosida tashkil etish, laboratoriya ishlarini takomillashtirish zarur. Barcha izlanishlar istiqbolga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.

Shavkat Mirziyoyev yaqin yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida amalga oshiriladigan loyihalarni ham ko‘zdan kechirdi.

2017-2026-yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 27 loyiha amalga oshiriladi. Qiymati 3 milliard 63 million dollar bo‘lgan mazkur loyihalar natijasida kombinatning ishlab chiqarish quvvati 30 foizga ortadi. 31 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.

Pistali konini o‘zlashtirish va 6-gidrometallurgiya zavodini qurish, 2-gidrometallurgiya zavodi quvvatini kengaytirish, Muruntov konini o‘zlashtirishning 5-navbati, texnogen chiqindilarni qayta ishlash majmuasi qurilishi va boshqa loyihalar ham namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyatidagi Xalq qabulxonasida ham bo‘ldi.

Karmana tumani hokimligida viloyat faollari yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat iqtisodiyotini yangi bosqichga ko‘tarish, infratuzilmani rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, aholi turmush darajasini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqimizning roziligi – barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbaidir