Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib ko‘rdi.

Prezidentimizning «Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir», degan so‘zlari Xalq qabulxonalariga kiraverishda yozib qo‘yilgan.

2016-yil 24-sentabrda Bosh vazirning virtual qabulxonasi ochilishi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish imkonini berdi. Davlatimiz rahbarining 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Mamlakatimizda 2017-yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingani bu maqsadning mukammal takomilga yetgani, inson manfaatlarini ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilganining huquqiy poydevori bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi xalq qabulxonasi  zamonaviy binoda ish boshladi. Bu yerda jismoniy va yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Qabulxona huquqiy adabiyotlar, zarur ma’lumotlar va axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan.

Buxoro shahri Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 26-uyda joylashgan qabulxona  xalq bilan ochiq muloqot olib borish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashga tayyor.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq rozi bo‘lsa jamiyat ravnaq topadi