Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 27-28-yanvar kunlari Xorazm viloyatida bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida davlat organlari xalqqa xizmat qiladigan tizim joriy etilishini, barcha darajadagi rahbarlar hududlarda, odamlarning dardini eshitib, masalalarni joyida hal qilishini ta’kidlagan edi. Oradan qisqa vaqt o‘tganiga qaramay, ushbu dasturiy vazifalar hayotda o‘z ifodasini topmoqda. Prezidentimiz hududlarga safari chog‘ida ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan joyida tanishib, xonadonlarga kirib, xalq bilan muloqot qilmoqda. Bu odamlarning dunyoqarashini, hayotga munosabatini o‘zgartirmoqda.

Davlatimiz rahbari 28-yanvar kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali bilan tanishdi.

Mazkur shifoxona aholiga davolash va profilaktika xizmati ko‘rsatib kelmoqda. Kardiologiya, kardioreabilitatsiya, kardioxirurgiya, intervension kardiologiya va fizioterapiya bo‘limlari, poliklinika faoliyat yuritmoqda.

Ushbu tibbiyot maskani negizida Rossiya Federatsiyasining A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy-amaliy markazi filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu chaqaloqlarda uchraydigan yurak nuqsonlarini erta aniqlash va davolash, yiliga 3 mingdan ziyod bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatishga imkoniyat yaratadi. Mazkur shifoxona Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlari aholisi uchun mintaqaviy markaz bo‘ladi.

Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini rivojlantirish, o‘quv yurtlarida qishloq vrachlik punktlariga ixtisoslashgan mutaxassislar tayyorlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish dolzarb masalalar hisoblanadi. Bunday markazlar bemorlarni davolash bilan birga, ana shu ishlarga ham salmoqli hissa qo‘shishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida 1100 ga yaqin talaba ta’lim olmoqda. 16 kafedrada 161 professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

Ushbu filial negizida I.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda klinika tashkil etilmoqda. Unda endokrinologiya, otoloringologiya, gematologiya, allergologiya, terapiya bo‘limlari ochiladi. Universitet olim va shifokorlari bu yerda dars beradi, diagnostika ishlarini olib boradi va davolaydi. Talabalar klinikada zamonaviy davolash usullarini yanada chuqur o‘rganadi.

Prezidentimiz Xorazmda mazkur ikki muassasaning tashkil etilishi tarixiy voqea bo‘lishini, Orolbo‘yi aholisi uchun ulkan ijtimoiy ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. Bu markazlar mazkur hududda ko‘p uchraydigan kasalliklarni samarali davolash, tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilarning bilim va malakasini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Davlatimiz rahbari Oxund bobo masjidi qurilish uchastkasida bo‘ldi. Nuroniylar bilan suhbatda yoshlarni yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalash, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, viloyatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar haqida so‘z bordi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib ko‘rdi. Bu yerda fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va saqlash uchun zamonaviy sharoit yaratilgan. Xodimlar, yosh bolali onalar, nogironlar va boshqa fuqarolar uchun barcha jihatlar e’tiborga olingan. Har bir murojaatni nazoratga olish va hal etish, fuqarolar uchun qulayliklarni yanada oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumki, Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bunga to‘siq bo‘layotgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan qator muhim dasturlar qabul qilinishi haqida so‘z borgandi. Aholini arzon dori-darmon vositalari bilan ta’minlash, maishiy chiqindilarni sanitariya yo‘li bilan tozalash va qayta ishlash, paxta tolasini hududlarning o‘zida qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish – ana shunday yo‘nalishlardan edi. Bugungi kunda ularning ijrosi bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

Urganch shahrida ham mazkur tarmoqlarga ixtisoslashgan sanoat korxonalari tashkil etilmoqda. Masalan, farmatsevtika sohasida “Mem gilan” xorijiy korxonasi yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu sohaga keng imkoniyat yaratmoqda.

Korxonada infuzion eritmalar, ampulalar, tabletka va kapsulalar ishlab chiqariladi. Umumiy qiymati 29 milliard so‘mlik ushbu loyiha natijasida 200 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Hududda bunday farmatsevtika korxonasi yo‘qligi bois yangi quvvat dori vositalari narxini arzonlashtirishga xizmat qiladi. Ichki bozordan ortgan mahsulotni eksport qilish ham rejalashtirilgan.

“Urganch maxsus trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati Milliy bank ko‘magida maishiy chiqindini qayta ishlash loyihasiga kirishgan. Korxonada Xitoy texnologiyasi asosida yiliga 250 ming tonna chiqindini yig‘ish, saralash va qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu shaharda sanitariya holatini yaxshilash, aholi salomatligini saqlash va bandlikni oshirishda muhim omil bo‘ladi.

“Urg-teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan yana bir loyiha ip-kalava ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Korxona Germaniya va Turkiya uskunalari asosida yiliga 4 ming tonna mahsulot tayyorlash, 200 ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Har yili 6,5 million dollarlik tovar eksport qilish mo‘ljallanmoqda.

Davlatimiz rahbari ushbu loyihalar bilan tanishar ekan, bunday korxonalarni mamlakatimizning boshqa viloyatlarida ham tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev xorazmliklar bilan saylovoldi uchrashuvida 2017-yilda O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100-yilligini keng nishonlash, mashhur hofiz nomi bilan ataladigan zamonaviy ijod markazi va uning tarkibida go‘zal bog‘ tashkil etishni taklif qilgan edi.

Prezidentimiz mazkur ijod markazi qurilish uchastkasini borib ko‘rdi. Bu yerda Komiljon Otaniyozov haykalini barpo etish, qurilish loyihasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Markazda yoshlar adabiyot va san’at sirlarini puxta o‘rganadi.

Urganch shahridagi 11-bolalar musiqa va san’at maktabida mehnat faxriylari, san’at va adabiyot namoyandalari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, odamlarning dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish, aholi turmush darajasini yanada oshirish haqida so‘z bordi.

Uchrashuv qatnashchilari madaniyat va san’atni rivojlantirishga qaratayotgan ulkan e’tibori, ustozlarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatayotgani uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Shuning bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq bilan muloqot inson manfaatlarini ta’minlashning eng qulay va samarali usulidir