Toshkentda 27-iyun kuni Vengriya elchixonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi.

O‘zbekiston va Vengriya davlat madhiyalari yangradi. Elchixona binosida Vengriya hamda Yevropa Ittifoqining bayroqlari ko‘tarildi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.Komilov bu yil O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25-yil to‘lgani, ushbu elchixona mamlakatlarimiz hamkorligi tarixida yangi sahifa ochishi va uni yanada rivojlantirishda muhim bo‘g‘in bo‘lishini ta’kidladi.

Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto elchixona ochilishiga ko‘rsatgan ko‘magi va o‘zaro hamkorlik rivojiga e’tibori uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi. Ushbu muassasa ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilishi, shu bilan birga, Markaziy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligi rivojiga ham munosib hissa qo‘shishini qayd etdi.

Tadbirda mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto rahbarligidagi delegatsiya a’zolari qator vazirlik va idoralarda uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev bilan muloqot chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, ularni huquqiy jihatdan mustahkamlash masalalari haqida so‘z yuritildi.

Mehmonlarga 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida so‘zlab berildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, parlament nazoratini kuchaytirish, qonun ijodkorligi sifatini oshirish, sud-huquq tizimini takomillashtirish bo‘yicha izchil islohotlar olib borilayotgani qayd etildi.

Davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishda parlamentlararo aloqalar muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.

– Vengriya O‘zbekiston taraqqiyotiga hurmat bilan qaraydi, – dedi Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto. – O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi xalqaro hamkorlik uchun ajoyib imkoniyatlar ochmoqda. Investitsiya, pul-valyuta siyosatida ijobiy o‘zgarishlar kutilmoqda. Vengriya O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiyot, qishloq va suv xo‘jaligi, farmatsevtika va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish niyatida.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.Komilov bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Vengriyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligiga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Davlatlararo hamkorlikni yanada kengaytirish, ishbilarmon va ilmiy doiralar, madaniyat va san’at faollari o‘rtasida aloqalarni mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda moliya, qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va ta’lim sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan Vengriya Inson resurslari vazirligi o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Vengriya delegatsiyasi Tashqi savdo vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Vengriya elchixonasi ochildi