Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni poytaxtimizning Yunusobod tumaniga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari tumanda joylashgan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Qo‘riqlash boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatimizda ichki ishlar tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan profilaktika inspektorlari o‘zi xizmat qilayotgan hududda yashaydigan, fuqarolar yig‘inlari bilan birga ishlaydigan yangi tizim yaratilmoqda. Ichki ishlar xodimlari uy-joy, avtomobil va zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlanmoqda.

Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilayotgani tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlashda muhim o‘rin tutmoqda. Mamlakatimizdagi barcha militsiya tayanch punktlarini o‘zaro bog‘lovchi optik tolali tizim barpo etilmoqda.

Prezidentimiz 8-iyul kuni Namangan shahridagi “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori xizmat xonasida o‘rnatilgan komputer orqali Xorazm viloyati Xiva tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan videomuloqot qilgan edi.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Qo‘riqlash boshqarmasida ham jamoat xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Bosh boshqarmada «Xavfsiz shahar» boshqaruv situatsion markazi tashkil etilmoqda. Markaz yo‘l harakati xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlash xizmati, post-patrul xizmati va boshqa tarmoqlarni geoinformatsion tizim orqali boshqaradi. Bozorlar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mehmonxonalar, yo‘llar va boshqa jamoat joylariga o‘rnatilgan videokuzatuv uskunalari, zamonaviy signal uzatish texnikasi bunda qo‘l keladi. Bu jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish, ularni tez fursatlarda bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega.

Tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash tizimi bugungi hayotimiz talablariga mos bo‘lishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Yangi zamonaviy tizim samarali ishlashi uchun uni mukammal o‘zlashtirish,  bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish zarur.

Prezidentimiz mazkur boshqaruv tizimini ikki yil davomida sinovdan o‘tkazish, ichki ishlar xodimlarining axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimini oshirish, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkentdagi Inha universitetida ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash, tizim puxta o‘zlashtirilganidan keyin uni mamlakatimizning barcha shaharlarida joriy etish zarurligini ta’kidladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tinchlik-osoyishtaligimizni ta’minlashda yangi tizim