Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri S.Aslov: terrorchi kuchlarning Afg‘oniston hududini o‘zining g‘araz maqsadlarini amalga oshirishdagi platsdarmga aylantirishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi
Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi davom etadi. Navbat Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri S.Aslovga.
Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi davom etadi. Navbat Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri S.Aslovga.Avvalo, Afg‘oniston bo‘yicha muloqotni tashkil qilgan birodar O‘zbekiston tomoniga o‘z minnatdorligimizmin bildirishga ruxsat bergaysiz. Zero, mazkur konferensiya qo‘shni va jafokash afg‘on xalqi uchun tinchlik, barqarorlik olib keladigan mintaqaviy kuchlarimizni birgalikda faollashtirishga imkon beradi.
Bizning barchamiz, bir narsani yaxshi tushunishimiz kerak – mintaqada barqarorlikka erishishning muhim sharti sifatida Afg‘onistonda tinchlikka erishish masalasi turadi. Ammo keyingi vaqtlarda dunyo hamjamiyati unutib qo‘ymoqda: ayrim siyosiy kuchlarning Afg‘onistonda yuzaga kelgan vaziyatdan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanayotganlari ushbu davlatda vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda. Buning oqibati sifatida tashkil topgan ISHID jangarilarining faoliyatini keltirish mumkin. Terrorchi kuchlarning Afg‘oniston hududini o‘zining g‘araz maqsadlarini amalga oshirishdagi platsdarmga aylantirishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.