Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 22-avgustdagi farmoniga muvofiq Termiz shahri Amir Temur ordeni bilan mukofotlangan edi. 28-noyabr kuni Termiz shahrida ushbu yuksak mukofotni topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. 

Davlatimiz rahbari Termiz shahrining shonli tarixi, istiqlol yillaridagi taraqqiyoti, mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni, Surxondaryo viloyati mehnatkashlari qo‘lga kiritayotgan ulkan yutuqlar haqida to‘xtaldi.

Bu zamin xalqining yuksak madaniyati, hunarmandlik rivoji va savdo aloqalari Jayxun bo‘yida qadim Termiz shahrini vujudga keltirgan. Buyuk ipak yo‘li markazida joylashgan shahar turli madaniyat va xalqlarni o‘zaro bog‘lovchi muhim qo‘rg‘on bo‘lgan. 
Istiqlol tufayli Termiz shahrining shonu shavkati tiklandi, ulkan ma’naviy va iqtisodiy salohiyati yuzaga chiqdi.

Yurtboshimiz rahnamoligida ma’naviyatimizni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasida milliy qadriyat va an’analarimiz, buyuk ajdodlarimizning nomi qayta tiklandi, ular mangu qo‘nim topgan muqaddas qadamjolar obodonlashtirildi. Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Sulton Saodat, Kokildor ota yodgorlik majmualari ta’mirlandi. 

Yangi bunyod etilgan temir yo‘l bekati, Tadbirkorlar markazi binosi, Arxeologiya muzeyi, amfiteatr Termiz shahrining chiroyiga chiroy qo‘shdi. Zamonaviy “Baxt uyi” majmuasi, Termiz davlat universitetining muhtasham binosi, 10 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion, “Delfin” suzish havzasi, tibbiyot va madaniyat maskanlari, turar-joylar viloyat markazi qiyofasini butunlay o‘zgartirib yubordi.

Bugungi kunda ham Termiz shahrida zamonaviy korxonalar, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma obyektlari, yangi maktablar, litsey va kollejlar, sport majmualari bunyod etilib, shahar yanada go‘zal va obod bo‘lib bormoqda. Keyingi yillarda foydalanishga topshirilgan yirik sanoat korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish inshootlari viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shmoqda.

Bu yil Surxondaryo ahli uchun yana bir unutilmas yil bo‘ldi. Prezidentimiz Islom Karimovning farmoniga muvofiq mustaqillik yillarida shahar ahlining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarda erishgan muvaffaqiyatlari, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, xalqimizning tarixiy va ma’naviy merosini asrab-avaylash, yoshlarimizni ulug‘ ajdodlarimizga xos ezgu qadriyatlar, mardlik va jasorat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari uchun hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 23-yilligi munosabati bilan Termiz shahri Amir Temur ordeni bilan mukofotlandi. 

Termiz shahri Vatanimizning bu yuksak mukofoti bilan taqdirlanishida chuqur ramziy ma’no bor. Termiz barcha zamonlarda yov qarshisida metin qo‘rg‘on vazifasini o‘tab kelgan. Bu zaminda mard va tanti, Vatani uchun jonini ham fido etishga tayyor oriyatli xalq yashaydi. 

Prezidentimiz Islom Karimov ushbu yuksak mukofot – Amir Temur ordenini topshirdi. 

Marosimda “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi raisining o‘rinbosari Orziqul Soatov, Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori Shohida Oripova, kurash bo‘yicha jahon chempioni Toshtemir Muhammadiyev, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid so‘zga chiqib, Termiz shahrini Vatanimizning yuksak ordeni bilan mukofotlagani, Surxondaryo viloyati rivojiga qaratayotgan e’tibori uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termiz shahriga Vatanimizning yuksak mukofoti topshirildi