Xalqaro press-klubda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili samaralari har bir sohada namoyon bo‘lmoqda. Fuqarolar mutasaddi rahbarlarga turli shakllarda murojaat qilib, o‘z savollariga javob olmoqda.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov xorijdagi yurtdoshlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Vazirlikda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilgan. 2016-yilning oktabr oyidan bugungi kungacha vazirlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 6,5 mingdan ziyod ariza tushgan. Ulardan 3 mingga yaqini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, qariyb 3,5 mingtasi tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi va elektron pochta orqali kelgan.

Murojaatlar asosan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yo‘qolganda mamlakatimizga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish, biometrik pasport olish, xorijiy davlatda O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlarning xolis olib borilishini ta’minlash va boshqa masalalarda bo‘lgan. Barcha murojaatlar bo‘yicha amaliy yordam yoki asoslangan tushuntirish berilgan.

Xalqimizga yanada qulaylik yaratish, konsullik-huquqiy xizmat ko‘rsatishning sharoit va tartiblarini takomillashtirish maqsadida aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masalan, chet elda hujjatlari yo‘qolgan va mamlakatimizga qaytish uchun guvohnoma berilishini so‘rab murojaat qilgan arizachining shaxsini tasdiqlash muddati 3 oydan 7 ish kuniga qisqartirildi. Xorijiy davlatlarda yashovchi va pasportini biometrik hujjatga almashtirishga ulgurmagan fuqarolar uchun eski pasportdan yo‘l hujjati sifatida foydalanish muddati 2018-yil 1-iyulgacha uzaytirildi.

Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi vakolatxonalarda xizmat ko‘rsatishning interfaol usullari qo‘llanmoqda. Bugungi kunda fuqarolarga “Interaktiv konsullik xizmatlari” portali (http://consul.mfa.uz) orqali 12 turdagi konsullik xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Chet elliklarning O‘zbekistonga kirish vizasi olishini rasmiylashtirish uchun http://evisa.mfa.uz veb-sayti yaratildi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq joriy yilda yangi tahrirdagi Konsullik nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Ushbu hujjat chet davlatlarda O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini to‘la va aniq belgilab beradi.

Rossiyadagi yurtdoshlarimizning manfaatlarini yanada kengroq himoya qilish maqsadida Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov-Don, Yekaterinburg, Vladivostok shaharlarida konsullik vakolatxonalarini ochish masalasi ishlab chiqilmoqda. Mamlakatimizning qator xorijiy davlatlardagi elchixonalarida xodimlar sonini ko‘paytirish mo‘ljallanmoqda.

Tashqi ishlar vaziri Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan davlatimizning tashqi siyosati mazmun-mohiyati, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan O‘zbekistonning pozitsiyasini tushuntirib berdi. Hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz hududidan tashqarida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, barcha mamlakatlar, avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona va pragmatik siyosat olib borish O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Videokonferensiya shaklida o‘tgan muloqotda mamlakatimizning butun dunyodagi 47 diplomatik vakolatxonasi rahbarlari ham qatnashdi. Ular, studiyaga taklif etilgan vazirlik va idoralar vakillari o‘zlariga taalluqli savollarga javob qaytardi.

Tadbir televideniye orqali bevosita efirga uzatildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi ishlar vaziri fuqarolarning savollariga javob berdi