O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 22-iyun kuni Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi.

Farg‘ona viloyati o‘zining yer osti va yer usti boyliklari, rivojlangan sanoat va kommunikatsiya tarmoqlari bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. Joriy yilning birinchi choragida viloyatda yalpi hududiy mahsulot 6,1 foiz o‘sdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, qurilish, xizmatlar ko‘rsatish sohalarida barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlandi.

Sanoat mahsulotining 96 foizdan ortig‘i kimyo, neft-kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik va qurilish materiallari tayyorlash kabi zamonaviy tarmoqlarda ishlab chiqarilmoqda. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, “Farg‘onaazot”, “Avtooyna”, Qo‘qon mexanika zavodi, “DEU tekstil Farg‘ona”, “Qo‘qon Indorama tekstil” kabi yirik sanoat korxonalari nafaqat viloyat, balki mamlakatimiz iqtisodiyotida alohida o‘rin egallaydi.

Zamonaviy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, xalqaro bozorda raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi korxonalar barpo etish va mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Eksport qiluvchi korxonalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksport faoliyatiga keng jalb etilayotgani samarasida viloyatning bu boradagi salohiyati muttasil oshib bormoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-yanvardagi farmoniga asosan tashkil etilayotgan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi bu boradagi imkoniyatlarni yanada kengaytiradi.

Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jadal rivojlanmoqda. Bu sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 62 foizga, eksportdagi ulushi 58 foizga yetgan. Mehnat bilan band aholining 81 foizi shu sohada ishlamoqda.

Viloyatning omilkor dehqon va fermerlari qishloq xo‘jaligida ulkan natijalarga erishmoqda. Takroriy ekinlardan, tomorqadan unumli foydalanib, qo‘shimcha daromad topmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida mamlakatimizning barcha hududlari kabi Farg‘ona viloyatini ham har tomonlama rivojlantirish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, aholi hayot darajasini yuksaltirish borasida aniq reja va maqsadlar bayon etilgan edi.

Davlatimiz rahbari Farg‘ona asalarichilik ishlab chiqarish o‘quv markaziga tashrif buyurdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bozorlarimizning to‘kinligini ta’minlash, aholiga sifatli, arzon va servitamin oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishga xizmat qilayotir. Asalarichilikni yanada rivojlantirish, sohadagi ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda.

Viloyat asalarichilar uyushmasi qoshida tashkil etilgan mazkur ishlab chiqarish o‘quv markazida barcha sharoit yaratilgan. Markazda yiliga 600 nafar mutaxassis o‘qitiladi. Zamonaviy o‘quv reja asosida olimlar tomonidan amaliyot darslari o‘tiladi.

Shavkat Mirziyoyev markazda amaliyot o‘tayotgan kollej o‘quvchilari bilan Farg‘ona asalarichiligi tarixi, asalning shifobaxsh xususiyatlari, ta’lim jarayonida olib borilayotgan islohotlar haqida suhbatlashdi.

Farg‘ona tumanidagi texnologiya kasb-hunar kolleji o‘quvchilari Botirali Mavlonov va Dilnavoz Eshmatova Prezidentimizga yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat uchun minnatdorlik bildirdi.

Viloyatda 1000 dan ortiq asalarichilik subyekti ro‘yxatga olingan. Ichki bozorni arzon, sifatli mahsulot bilan ta’minlashga qaratilayotgan alohida e’tibor shifobaxsh tabiiy ne’mat ishlab chiqarishni kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Markazda ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, trening zallari, kutubxona, elektron arxiv bazasi, asalni qayta ishlash va qadoqlash sexi, tikuvchilik, mum-parda, asbob-uskuna va asalari uyasi ishlab chiqarish sexlari faoliyat yuritmoqda. Asalarichilikda naslchilik laboratoriyasi, qariyb 2 gektar eksperimental bog‘ va asal beruvchi o‘simliklarni yetishtirishga mo‘ljallangan ekin maydoni tashkil etilgan.

Farg‘ona davlat universitetida asalarichilik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish kerak, dedi davlatimiz rahbari. Agar mazkur sohaning ilmiy asoslari puxta o‘rgatilsa, boshqa viloyatlardan ham yoshlar o‘qishga keladi. Xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma korxona tashkil qilish lozim.

40 kishining bandligi ta’minlangan markazda bir yilda 7 ming dona asal uyasi, 7 ming 500 dona yostiqcha, 3 ming dona maxsus kiyim va yuz niqobi ishlab chiqariladi.

Bir kechayu kunduzda 200 kilogramm mum-parda tayyorlanadi. 200 tonna asalni qadoqlash sexi ishlab turibdi. 2016-yilda viloyatlarga 20 ming dona, chet davlatlarga 30 ming dona sifatli asalari paketlari yetkazib berildi.

Shavkat Mirziyoyev asalari uyalari va uskunalari ishlab chiqarish sexida olib borilayotgan ish jarayoni bilan tanishdi.

Shu yerda Xalq banki tomonidan viloyatda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Qo‘shtepa tumanida tashkil qilinadigan 2 ming bosh qoramol boqishga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi va sutni qayta ishlash loyihasi 2018-yilning uchinchi choragida to‘la quvvat bilan ishga tushiriladi. Kompleksda 180 kishi ish bilan ta’minlanadi. Yiliga 4 ming tonnadan ortiq sut, 150 tonna go‘sht qayta ishlanadi.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan Farg‘ona viloyatida 2017-2021-yillarda ipakchilikni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgani ma’qullandi.

Pillachilikni yanada rivojlantirish uchun tut plantatsiyalarini tashkil qilish kerak. Sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, pillachilikda aholining doimiy ish bilan ta’minlanishiga erishish lozim.

Prezidentimiz Farg‘ona tumanidagi “Mindonobod agrosanoat” agrofirmasiga tashrif buyurib, viloyat qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Mamlakatimizda sifatli meva-sabzavot yetishtirish va aholining ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, eksport salohiyatini yuksaltirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, uzum yetishtirishni ko‘paytirish, mahsulotni eksport qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

“Mindonobod agrosanoat” agrofirmasi uzumchilikka ixtisoslashgan bo‘lib, 720 gektarga sanoatbop uzum navlari ekilgan. Korxona yiliga 5 ming tonna mahsulot yetishtirish, 3 ming tonna uzumni birlamchi qayta ishlash, 650 ming dona briket ishlab chiqarish quvvatiga ega. Buning uchun 89 kishi doimiy, 300 dan ortiq kishi mavsumiy ishga jalb etilgan. Tokzorlarni parvarishlashda tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalaniladi.

Agrofirma tomonidan mavjud tokzorlarni ming gektarga yetkazish orqali yiliga 15 ming tonna uzum yetishtirish, 1 million AQSh dollari miqdoridagi mahsulotni eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda. Buning uchun 450 ming tup tok qalamchasi o‘tqazilib, Xitoyning quyosh energiyasida ishlaydigan sug‘orish tizimlari o‘rnatiladi. Ushbu loyiha to‘la ishga tushgach, 250 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Davlatimiz rahbari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun barcha imkoniyatlar yaratilganini, kuni kecha e’lon qilingan “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror soha vakillari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Farg‘ona viloyatida tadbirkorlik ilmini egallagan uddaburon ishbilarmonlar ko‘p. Ammo odamlar hamisha ham mehnatiga yarasha daromad olmagan. Bu adolatsizlikka chek qo‘yish kerak. Yangi qaror bilan yaratilayotgan imtiyozlar ularning qilayotgan ishidan manfaatdorligi ortishiga, o‘zi, oilasi va jamiyat uchun foyda keltirishiga, farovon hayotga erishishiga xizmat qiladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda “O‘zvinosanoat xolding” kompaniyasi tomonidan 2017-2018-yillarda Farg‘ona viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Kompaniya tomonidan tijorat banklari bilan hamkorlikda qiymati 63 milliard 256 million so‘mlik 6 loyihani amalga oshirish, 200 ga yaqin ish o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda. Natijada viloyatda bo‘sh yotgan yerlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, saqlash, qayta ishlash bo‘yicha yirik quvvatlar tashkil etiladi, eksport hajmi ortadi.

Quva tumanidagi “Big agro logistic” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan meva-sabzavotni qayta ishlash, quritish, qadoqlash va eksport qilishga mo‘ljallangan zamonaviy logistika markazi tashkil etilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 7,2 million dollar bo‘lib, birinchi yilda 6,5 million dollar, besh yildan so‘ng 10 million dollar miqdoridagi mahsulot eksport qilish mo‘ljallanmoqda. Logistika markaziga Italiya va Turkiyadan keltiriladigan texnologik liniyalar o‘rnatiladi. 5 ming tonnalik sovutgich, 7 ming tonna meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatlari tashkil etiladi. Loyiha ishga tushgach, 180 ish o‘rni yaratiladi.

Qo‘qon shahridagi “Elit konserva” mas’uliyati cheklangan jamiyatida meva-sabzavotni qadoqlaydigan tunuka idishlar va qopqoqlar ishlab chiqarish, Oltiariq tumanidagi “Eco Export Trade” mas’uliyati cheklangan jamiyatida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saralash, quritish va saqlashga mo‘ljallangan loyihalar amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalar viloyat eksport salohiyatini yanada yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishda alohida ahamiyatga ega.

Bu yil Quva tumanidagi “Farg‘ona anorzori” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 50 gektarda yangi anorzor barpo etilgan. Anorzor qator oralariga pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri va boshqa sabzavotlar, dukkakli ekinlar ekilgan.

Agrofirma tomonidan kelgusi yillarda anorzorlarni 2 ming gektarga, hosildorlikni 30 ming tonnaga yetkazish mo‘ljallanmoqda.

Prezidentimiz Quva va Dashnobod anori dunyoga mashhur ekani, har ikkala navning o‘ziga yarasha xususiyatlari mavjudligini ta’kidladi. Anor chiqitsiz mahsulot bo‘lib, po‘stlog‘idan kimyo sanoatida rang olishda, farmatsevtikada xomashyo sifatida foydalanish mumkin. Viloyatda anorzorlarni kengaytirish va ushbu mahsulot eksportini ko‘paytirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

Milliy bank tomonidan viloyatda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar namoyish qilindi. Qiymati 64,4 million dollar bo‘lgan ushbu loyihalardan 10 tasi Xitoy davlat taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan. Qolgan 5 loyihani yil oxiriga qadar moliyalashtirish ko‘zda tutilgan. Buning samarasida 2017-2018-yillarda 68 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot qayta ishlanib, 25,7 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi.

Davlatimiz rahbari Uchko‘prik tumanidagi sobiq konserva zavodi negizida amalga oshirilayotgan loyihani ham ko‘zdan kechirdi.

Loyiha tashabbuskori “Volley Mountains Fresh” mas’uliyati cheklangan jamiyati bo‘lib, 10,5 milliard so‘m, jumladan, “Ipoteka-bank”ning 7,4 milliard so‘mlik krediti hisobiga korxonaning mavjud quvvatlari modernizatsiya qilinadi, mevani saqlovchi muzlatgich va qadoqlovchi uskunalar o‘rnatiladi.

2018-yilning birinchi choragida loyihaning birinchi bosqichi, to‘rtinchi chorakda ikkinchi bosqichi ishga tushiriladi. Natijada ming tonna tomat pastasi, shuncha pyure va konsentrat, meva-sabzavot konservalari aholi iste’moli uchun yetkazib beriladi. Mahsulot eksportga ham yo‘naltiriladi. Loyiha 170 kishini ish bilan ta’minlash imkonini beradi.

Prezidentimiz viloyatda qayta ishlash sanoatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyat, xomashyo va ishchi kuchi mavjudligini ta’kidladi. Ulardan unumli foydalanish, tarmoqqa tadbirkorlarni keng jalb etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Davlatimiz rahbari Erkin Vohidov nomidagi Marg‘ilon shahar madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80-yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘zbek adabiyotining yirik vakili ijodiy merosini o‘rganish, mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz bo‘ylab shoirning 80-yillik yubileyi keng nishonlandi. Marg‘ilon shahridagi madaniyat va istirohat bog‘iga Erkin Vohidov nomi berilib, qayta rekonstruksiya qilinmoqda.

Istirohat bog‘ining maydoni 9 gektardan 16 gektarga kengaytirildi. Bog‘ning kirish qismida yozuvchi-ijodkorlar xiyoboni tashkil etish, Erkin Vohidov haykalini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Turli tadbirlar o‘tkaziladigan amfiteatr, osh markazi va boshqa infratuzilma obyektlari barpo etish belgilangan. Erkin Vohidov nomidagi yosh ijodkorlar maktabi ochiladi. Bog‘da turli attraksionlar o‘rnatilib, bir necha choyxona aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Prezidentimiz qahramon shoirimiz nomi bilan ataladigan ushbu bog‘ har tomonlama mukammal bo‘lishi, uni yoshlar ma’naviyatini yuksaltiradigan maskanga aylantirish, xiyobonga Erkin Vohidovning eng sara she’rlaridan namunalar yozilgan lavhalar o‘rnatish zarurligini ta’kidladi. Bu yerga keluvchilar Erkin Vohidov she’rlaridan bahramand bo‘lsin, ma’naviy olamini yanada boyitsin.

Shu yerda Farg‘ona viloyati shaharlari va tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlantirish bosh rejasi, Marg‘ilonda turizmni rivojlantirish dasturi, tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Dastur doirasida uy-joy qurish, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada rivojlantirish sohalarida o‘nlab loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari Marg‘ilon hunarmandlar markazini tashkil etish, soha xodimlari uchun qulay soliq imtiyozlari, zarur shart-sharoitlar yaratish, boshqa loyihalarni ham yanada mukammallashtirish, qurilish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

22-iyun kuni Marg‘ilondan Qo‘qonga ilk bor elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildi. Prezidentimiz ushbu poyezdda Qo‘qonga keldi. Qo‘qon shahridagi “Shaffof metan sanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatida iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi.

Xalqimiz farovonligi yuksalgani sari mamlakatimizda transport vositalari ko‘payib bormoqda. Ularning yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida siqilgan va suyultirilgan gaz ballonlar ishlab chiqarish kengaytirilmoqda.

“Shaffof metan sanoat” MChJ tomonidan shu yo‘nalishdagi zamonaviy korxona tashkil etish rejalashtirilgan. Buning uchun eski “Qo‘qonmash” zavodining bo‘sh turgan binolarida zamonaviy texnologiya o‘rnatiladi. Yiliga 100 ming dona gaz balloni ishlab chiqarish va avtotransport vositalariga o‘rnatish yo‘lga qo‘yiladi. Korxonada 30 ish o‘rni yaratiladi.

Davlatimiz rahbari ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talab bilan qiziqdi. Gaz bilan yuradigan transport vositalari ko‘paysa, benzin va dizel yoqilg‘isiga talab kamayadi. Natijada sohadagi xizmatlar arzonlashadi, imkoniyatlar kengayadi.

Mahsulot tannarxini arzonlashtirish, ishlab chiqarishni ikki barobar oshirish, sohaga ixtisoslashgan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘qon shahrida hunarmandlikni va turizmni rivojlantirish borasida ham qator loyihalar belgilangan. Jumladan, hunarmandlik va zargarlik markazlari tashkil etish, zamonaviy mehmonxona qurish rejalashtirilgan. Ular qator soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi, aholi bandligini ta’minlash, farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shaharda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yana bir loyiha – Wi-Fi tarmog‘ini barpo etish loyihasi aholi va sayyohlarga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Loyihalashtirilgan tibbiy xizmat va statsionar davolash markazi inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan. Bu yerda AQShning “Jeneral elektrik” kompaniyasining zamonaviy tibbiy jihozlari o‘rnatiladi. Markaz yiliga 25 ming 500 kishini davolash, 500 jarrohlik amaliyoti o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Prezidentimiz aholi salomatligi bilan bog‘liq bu majmua qurilishini tezlashtirish zarurligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev “Imano grupp” korxonasi negizida poliuretan qoplamali tayyor charm ishlab chiqarish investitsiya loyihasi bilan tanishdi. Loyiha amalga oshirilgach, 250 ish o‘rni tashkil etish imkoniyati yaratiladi.

Bu sohadagi mavjud imkoniyatlardan yetarlicha foydalanmayapmiz, dedi davlatimiz rahbari. Tizimdagi korxonalarni barqaror xomashyo bilan ta’minlash zarur. Xom terini yig‘ish, sifatli tayyorlash va qayta ishlovchilarga yetkazib berishga ixtisoslashgan korxonalar tashkil etish kerak.

Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, Qo‘qonda erkin iqtisodiy zona barpo qilinmoqda. Ushbu hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Iqtisodiy zonaga xorijiy texnologiya va investitsiyalarni jalb etish, talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu yerda tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan, chiqindilarni kompleks boshqarish klasterini tashkil etishga qaratilgan loyihalar ham namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari Qo‘qon shahar teatrini borib ko‘rdi. Mamlakatimizda madaniyat va san’atni yanada rivojlantirish, sohaning moddiy-texnik bazasini zamon talablari asosida mustahkamlash orqali aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Prezidentimizning joriy yil 31-maydagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

Qo‘qon shahar teatri 1987-yilda qurilgan. Teatr binosi, jumladan, 750 tomoshabinga mo‘ljallangan zal zamonaviy ta’mirlangan.

Prezidentimiz ijodkorlar bilan muloqotda teatrning xalq orasidagi obro‘yi va nufuzini yanada oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Teatrni haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘iga aylantirish uchun avvalo yaxshi asarlar kerak, dedi davlatimiz rahbari. Buning uchun bu yerda taniqli san’at namoyondalari, dramaturglar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ijodiy muhit yaratish zarur.

Ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun alohida ko‘p qavatli uy-joy bunyod etish, teatrning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Aktyor va rejissyorlarning malakasini oshirish, yosh mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining Farg‘ona filiali tajriba xo‘jaligida bo‘lib, g‘alla o‘rimi va g‘o‘za parvarishini ko‘zdan kechirdi.

Farg‘onalik dehqonlar azaldan paxta va g‘alla yetishtirish, bog‘dorchilik sohasida katta tajriba to‘plagan. G‘alla o‘rimi qizg‘in davom etmoqda. G‘o‘za parvarishi agrotexnik tadbirlar asosida olib borilmoqda.

Mazkur tajriba xo‘jaligida 21,3 gektarda g‘o‘zaning “O‘zFA-710”, 9,2 gektarda g‘allaning “Yaksart” navi ekilgan. Xo‘jalikda yigirmadan ziyod kishi mehnat qiladi. Davlatimiz rahbari g‘alla yig‘im-terimida ishtirok etayotgan fermerlar bilan muloqot qildi.

Non – eng aziz ne’mat. G‘allachilikni rivojlantirish, istiqbolli, serhosil navlarni yaratish, hosildorlikni oshirish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish olimlarimiz va dehqonlarimiz oldidagi muhim vazifalardandir. Buning uchun fan va amaliyot hamkorligini yanada mustahkamlash zarur, dedi Prezidentimiz.

Farg‘ona shahrida Prezidentimiz raisligida mutasaddi rahbarlar va viloyat faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda viloyat iqtisodiyotini yangi bosqichga ko‘tarish, infratuzilmani rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, aholini ish bilan ta’minlash va turmush darajasini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu tadbirlarda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturidagi maqsad-vazifalar o‘z ifodasini topdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlikni rivojlantirish, imkoniyatlardan to‘la foydalanish xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi